Loyiha boshqaruvi milliy agentligi O‘zbekiston rezidentlariga kriptovalyuta sotib olish va sotishga ruxsat berdi. Tegishli buyruq Lex.uz`da e’lon qilingan, deb xabar bermoqda Spot.

Hujjat bilan birinchi marta 2019 yil yanvar oyida qabul qilingan kriptobirjalarni litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritildi.

Endilikda O‘zbekiston rezidentlari kriptoaktivlar va tokenlar bilan barcha turdagi operatsiyalarni milliy valyutada (so‘mda) amalga oshirish huquqiga ega bo‘ldi. Biroq, norezidentlarga kriptoaktivlarni faqat xorijiy valyutaga sotishlari mumkin.

Bundan tashqari, o‘zgartirishlar tokenning tariflarini va u bilan bir qator operatsiyalarni, jumladan, tokenlar emissiyasi, joylashtirish va ro‘yxatga olishni nazarda tutadi. Tokenlarni investitsiya va moliyalashtirishni jalb qilish uchun tegishli ro‘yxatdan o‘tgan tadbirkorlik subyektlari chiqarishi mumkinligi aniqlandi.

O‘zbekiston kripto-birjalarida sotiladigan barcha tokenlar mulkiy ta’minotga ega bo‘lishi kerak. Mulkiy ta’minotga ega bo‘lmagan tokenlarni chiqarish va joylashtirish taqiqlanadi.

Kriptobirjalar o‘zlarining tokenlarini joylashtirgan tashkilotlarni va ularning mulkiy xavfsizligi bor-yo‘qligini tekshirishlari shart. Shuningdek, jalb qilinishi rejalashtirilgan summaning kamida 10 foizi kriptobirjasining maxsus hisob raqamiga kiritilishi kerak.

O‘zbekiston va Markaziy Osiyodagi birinchi kriptovalyuta birjasi UzNEX 2020 yil yanvar oyida ishga tushirilgan. Biroq o‘sha kungacha o‘zbekistonliklarga faqat chet elliklarga kriptovalyuta sotishga ruxsat berilgan edi — Loyiha boshqaruvi milliy agentligi aholining moliyaviy savodxonligi pastligiga ishora qilgan, deb yozmoqda Spot.

Bu yil agentlikning pozitsiyasi o‘zgardi. O‘zbekiston rezidentlariga kriptoaktivlarni sotib olishga ruxsat beruvchi qonun loyihasi muhokamaga chiqarildi. Bundan tashqari, Loyiha boshqaruvi milliy agentligi kompaniyalarga tokenlarni chiqarishga ruxsat berishni taklif qilgan.