Karate bo‘yicha terma jamoa a’zosi Doston Otabolayev (-75 kg) O‘zbekistonning kattalar o‘rtasidagi jahon chempionatida oltin medalni qo‘lga kiritgan ilk vakili bo‘ldi, deb xabar berdi Milliy olimpiya qo‘mitasi.

16−21 noyabr kunlari Dubayda (BAA) o‘tkazilgan WKF jahon chempionati finalida o‘zbekistonlik karatechi misrlik sportchi Abdulla Abdulazizni, yarim finalda esa amerikalik Skott Tomasni mag‘lub etdi.

Foto: WKF

O‘zbekiston terma jamoasi safida jami 15 nafar sportchi ishtirok etdi, bitta oltin medalga ega bo‘lgan jamoa 9-o‘rinni egalladi.

Video