Koronavirusga qarshi qo‘shimcha doza bilan emlashga ruxsat berildi

O‘zbekistonda to‘liq emlash kursini tamomlagan fuqarolarga koronavirusga qarshi ixtiyoriy buster doza bilan emlashga ruxsat berildi.

Toshkentda mushuklarni qiynab, ulardan birini o‘ldirgan yigitning shaxsi aniqlandi

Yashnobod tumanida noma’lum shaxs mushuklarni paketga solib, pod’ezdga olib kirib, qiynagan va ulardan birini o‘ldirgan. Poytaxtga IIBBga ko‘ra, ushbu shaxs aniqlandi. Hozirda mazkur holat bo‘yicha tergov oldi tekshiruvi o‘tkazilmoqda.

Toshkentda sug‘oriladigan yerlardan foydalanish maqbullashtiriladi

Prezident qarori bilan Toshkent viloyatidan poytaxt tumanlariga o‘tkazilayotgan sug‘oriladigan yer maydonlarida qishloq xo‘jaligi ekinlari plantatsiya usulida joylashtiriladi. Intensiv bog‘ va tokzorlar barpo etilib, lizing asosida 7 yil muddatga aholiga beriladi. Toshkent shahar qishloq xo‘jaligi boshqarmasi tashkil etiladi.

Senatorlar o‘zlari ma’qullagan qonunni eslay olishmadi

Senator Narimon Umarov matbuot anjumanida “Davlat tili to‘g‘risida"gi qonunning yangi tahriri Senatga kiritilmaganini aytdi. Vaholanki, qonun iyun oyi oxirida Senat yalpi majlisida ma’qullangan edi. Mazkur holatga boshqa hech kim izoh bermadi.

Qashqadaryoda bayroq o‘rnatilishi yana to‘xtatildi, mablag‘lar yo‘llar ta’miriga yo‘naltiriladi

Xalq deputatlari Qarshi shahar kengashi ulkan bayroq uchun 300 mln so‘m ajratish bo‘yicha qaror chiqardi. Keyinroq viloyat hokimi bunga e’tibor qaratib, shahar hokimi bilan kelishgan holda bayroq ustunini qurishni bekor qildi. Mablag‘lar yo‘l ta’miriga va kommunal sohalarni rivojlantirishga yo‘naltiriladigan bo‘ldi. Aprel oyida ham viloyatning sobiq hokimi Zoyir Mirzayev 1 mlrd 350 mln so‘mlik bayroq qurilishini to‘xtatgan edi.

Niqob taqish COVID-19`ga chalinish xavfini 53% gacha qisqartiradi — Global tadqiqotlar

Dunyo bo‘ylab o‘tkazilgan tadqiqotlar natijalari COVID-19 bilan kasallanish holatlari niqob taqish natijasida 53 foizgacha va jismoniy masofa saqlash orqali 25 foizgacha kamayishini ko‘rsatdi. Tadqiqotchilarning xulosasiga ko‘ra, niqob taqish, ijtimoiy masofalanish va qo‘llarni yuvish amaliyoti vaksinatsiya dasturlari bilan parallel ravishda davom ettirilishi zarur.

Davlat imtihonidan yiqilgan talaba har o‘quv yilida imtihonni 2 martagacha qayta topshirishi mumkin

Endi OTM talabalari davlat imtihonidan yiqilsa, bir yil kutmaydi. Ular tomonidan qayta topshirish to‘g‘risidagi arizalar yig‘ilishiga qarab bir o‘quv yilida (3 yil davomida) ikki martagacha davlat imtihonlarini qayta topshira oladi.

Avtomobil tashuvlaridagi ma’muriy bayonnomalar planshetlar orqali rasmiylashtiriladi

Transport vazirligi inspektorlari endilikda avtomobil tashuvlari sohasida huquqbuzarlik sodir etgan shaxslarni aniqlash, ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni rasmiylashtirish uchun planshetlardan foydalanadi. Dastlabki bosqichda Toshkent shahar va Toshkent viloyatida yo‘lga qo‘yilishi ko‘zda tutilgan.

“Fuqarolarning murojaatlarini qabul qiladigan Telegram-bot tashkil qilamiz”. Zoyir Mirzayev ilk “hokimlik soati"ni o‘tkazdi

Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev videoselektor tarzida ilk “hokimlik soati"ni o‘tkazdi. U yig‘ilishda o‘ziga “hurmatli” deb murojaat qilmasliklarini” aytib o‘tdi. Shuningdek hokim fuqarolarni qabul qilish masalasiga ham to‘xtalib o‘tdi. Bundan tashqari Zoyir Mirzayev “fuqarolarning murojaatlarini qabul qiladigan Telegram-bot tashkil etilishini” ta’kidladi.

O‘zbekistonlik karatechi ilk bor jahon chempioni bo‘ldi

Doston Otabolayev karate WKF bo‘yicha jahon chempioni unvonini qo‘lga kiritgan birinchi o‘zbekistonlik bo‘ldi. U Dubaydagi jahon chempionati finalida misrlik Abdulla Abdulazizni mag‘lub etdi (video).

O‘zbekistonda pensiya va nafaqa oluvchilar soni 4 mlndan oshdi

O‘zbekistonda pensiya va nafaqa oluvchilar soni 4 mln nafardan ko‘proqni tashkil etmoqda. Shundan qariyb 3 mln nafari yoshga doir pensiya oluvchilar hisobiga to‘g‘ri keladi.

“Hokim buva, svetni yoqing, biz sovqotyapmiz”. Uyida chiroq o‘chgan qashqadaryolik bola mas’ullarga murojaat yo‘lladi

Yakkabog‘ tumanida yashovchi 5 yoshli bola uyida chiroq soatlab o‘chayotgani bois mas’ullarga murojaat yo‘lladi. Qashqadaryo “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ bir qator hududlarda “ta'mirlash ishlari olib borilishi sabab elektr ta’minotida uzilish bo‘lishini” ma’lum qilmoqda.

2022 yilda “snos"lar tufayli yetkazilgan zararlarni qoplash uchun 500 mlrd so‘m ajratiladi

2022 yilda “snos"lar tufayli jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan zararlarni qoplash maqsadida davlat budjetidan 500 mlrd so‘m mablag‘ yo‘naltiriladi.

2026 yilga qadar quyosh va shamol elektr stansiyalari umumiy quvvatini 8 ming mVtga yetkazish zarur — prezident

Shavkat Mirziyoyevning topshirig‘iga ko‘ra, O‘zbekistonda 2026 yilga qadar quyosh va shamol elektr stansiyalari umumiy quvvati 8 ming megavattga yetkaziladi. Shuningdek, “yirik sanoat korxonalari ham o‘z energiya ta’minoti bo‘yicha qayta tiklanuvchi energiya manbalarini tashkil etishi uchun zarur sharoitlar yaratish kerak”.

O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasi 32,6 mlrd dollarga yetdi. Passiv balans o‘sib bormoqda

Yanvar-oktabr holatiga O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasi 32,6 mlrd dollarni tashkil etib, o‘n oylik davrda 7,8 mlrd dollarlik passiv tashqi savdo balansi kuzatildi. Tashqi savdo aylanmasi hajmi 2020 yilning mos davriga nisbatan 8,5 foizga oshganiga qaramay, 2019 yildagi ko‘rsatkichga (34,3 mlrd dollar) yetib kelganicha yo‘q.

O‘zbekiston Buyuk Britaniyaga 7800 dan ortiq tovarlarni boj to‘lovisiz eksport qilish huquqini qo‘lga kiritdi

O‘zbekiston Buyuk Britaniyaning kengaytirilgan GSP tizimi benefitsiari maqomini oldi. Shuningdek, ushbu tizim O‘zbekistonga umumiy qiymati 437 milliard funt sterlingdan (taxminan 585,5 mlrd dollar) ortiq iste’mol va chakana savdo bozoriga kirish imkoniyatini yaratadi.