Mirobod va Yashnobod tumanlari chegarasidagi «Kichik xalqa avtomobil yo‘li» ko‘chasida ko‘prik qurilishi munosabati bilan vaqtinchalik kesib qo‘yilgan xalqalovchi yer osti o‘rta bosimli D — 530 mm gaz quvurini qayta ulash ishlari rejalashtirilgani sababli ayrim hududlarda gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi, deb xabar berdi «Hududgaz Poytaxt» GTF.

Mirobod tumani

22 noyabr kuni soat 10:00 dan 18:00 gacha:

  • «Nukus» 1 tor ko‘chasi 1 -2 — 6 — 7 — 9 — 10 — 11 — 13 — 14 — 15 — uylardagi 130 ta xonadonlarda;
  • «Qo‘shko‘prik» ko‘chasida 28 ta xonadonda;
  • «Farg‘ona yo‘li» ko‘chasidagi 15 ta yerli xonadonlar;
  • «O‘zbekiston havo yo‘llari», «Sharapova», «Temiryo‘lnon», «Shimoliy vokzal» qozonxonasi, «Zexinur» restorani, «Mehrigiyo» MCHJ,;
  • Abdulla Qodiriy ko‘chasidagi ulgurji iste’molchilarida;
  • «Hamal» ko‘chasidagi ulgurji iste’molchilarida tabiiy gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi.

Yashnobod tumani

22 noyabr kuni soat 10:00 dan 18:00 gacha:

  • «Tovarniy dvor» 13 A, «Energomontaj»; «Lak color sintez»; «Bolalar teatri»;
  • Farg‘ona yo‘li ko‘chasidagi ulgurji iste’molchilarida tabiiy gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi.

Sergeli tumani

Sergeli tumani «Junariq ko‘chasida joylashgan past bosim D — 76 mm gaz quvurini ta’mirlash ishlari rejalashtirilgan.

Shu sababli 22 noyabr kuni soat 10:00 dan 18:00 gacha:

  • «Junariq» mahallasidagi 93 ta yerli xonadonlar hamda 4 ta ulgurji iste’molchilarida tabiiy gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi.

Yangihayot tumani

«Yangi — Umid» mahallasida joylashgan o‘rta bosim gaz quvurini ta’mirlash ishlari «Hududgaz Poytaxt» GTFning «Yangihayottumangaz» gaz ta’minoti bo‘limi tomonidan rejalashtirilgan.

Shu sababli 22 noyabr kuni soat 11:00 dan 18:00 gacha:

  • «Sergeli» 5 — mavzedagi 35 ta ko‘p qavatli uylardagi 2240 ta xonadonlar hamda 6 ta ulgurji iste’molchilarida tabiiy gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi.

«Hududgaz Poytaxt» ta’mirlash ishlari tugatilgandan so‘ng, tabiiy gaz ta’minoti qayta tiklanishini ta’kidlab, vaqtincha uzilishlar sababli yetkazilayotgan noqulayliklar uchun aholi va gaz iste’molchilaridan uzr so‘radi.