Taniqli kino va teatr aktyori Baxtiyor Ixtiyorov 81 yoshida vafot etdi, deya xabar berdi Madaniyat vazirligi va Kinematografiya agentligi.

Aktyor ijodiy faoliyati davomida «Ajoyib xayolparast», «Yettinchi jin», «Yettinchi o‘q», «Olovli yo‘llar», «Abu Rayhon Beruniy», «Vodillik kelin», «Yor-yor» filmlarida va ko‘plab spektakllarda rol ijro etgan.

Bundan tashqari, Buxoro musiqali drama teatri, Muqimiy nomidagi teatrlar, «Yosh gvardiya» va Satira teatrlarida aktyor va rejissyorlik qilgan.

Baxtiyor Ixtiyorov O‘zbekiston xalq artisti unvoni, «Mehnat shuhrati», «El-yurt hurmati» ordenlari hamda «Mehnat faxriysi» ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan.