18 noyabrda O‘zbekiston hududlari bo‘ylab 297 753 doza COVID-19ga qarshi vaksina qo‘llanildi. Bu haqda SSV axborot xizmati xabar berdi.

Ulardan:

  • 1-bosqich emlanganlar 151 648 nafarni,
  • 2-bosqich emlanganlar 92 292 nafarni,
  • 3-bosqich emlanganlar 53 813 nafarni tashkil qildi.

Ayni kungacha mamlakatda jami 30 mln 889 ming 942 doza vaksinadan foydalanildi. Ulardan:

  • 1-bosqich emlanganlar 16 mln 153 ming 695 nafarni,
  • 2-bosqichda emlanganlar 9 mln 707 ming 050 nafarni,
  • 3-bosqich emlanganlar 5 mln 029 ming 197 nafarni tashkil qildi.

Kecha emlash ko‘rsatkichlari bo‘yicha yuqori o‘rinlarni Toshkent viloyati (43 401 doza), Farg‘ona viloyati (37 417 doza), Camarqand viloyati (32 794 doza) band qildi.

Birinchi doza bilan emlanish ko‘rsatkichi emlanishi rejalashtirilgan qatlamga nisbatan 75,3 foizni tashkil qilmoqda.

O‘tgan yilning noyabr oyida Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshlig‘i o‘rinbosari Botirjon Qurbonov 2021 yilning iyungacha mamlakat aholisining 60 foizigachasini emlash rejalashtirayotganini ma’lum qilgan edi.

Avvalroq, 1 noyabrgacha O‘zbekiston aholisining 70 foizini koronavirusga qarshi emlash rejalashtirilayotgani haqida xabar berilgan edi.