Toshkentda «O‘zbekneftgaz» yoqilg‘i quyish shoxobchasi yonida benzin narxi oshishiga ishora qiluvchi graffiti paydo bo‘ldi. Inkuzart taxallusi bilan faoliyat yuritadigan mahalliy graffiti rassomi Abdurahmon 19 noyabr kuni rasm chizish jarayoni aks etgan videoni e’lon qildi.

Graffiti Uchtepa tumani Katta Qa’ni ko‘chasidagi uylardan birining devorida paydo bo‘lgan. Unda do‘ppi kiygan odam yoqilg‘i quyish moslamasi bilan bilan boshiga «otayotgani» ifodalangan. Bir necha soat o‘tgach, ijtimoiy tarmoqlarda graffiti bo‘yalgani aks etgan fotosuratlar paydo bo‘ldi.

Foto: ijtimoiy tarmoqlar

Internet foydalanuvchilari ushbu rasm avvalroq Seul (Koreya Respublikasi) ko‘chalaridan birida chizilgan graffitiгаўхшашини ta’kidlashgan.

sentabr oyi boshida Inkuzart O‘zbekiston avtomobil bozoridagi monopoliya hamda mashina olish uchun uzun navbatlarni aks ettirgan yangi graffiti chizgan edi. Bu rasm ham to‘liqligicha bo‘yab tashlangan.

«Gazeta.uz» mahalliy Benksi nomini olgan graffitichi Inkuzart ishlari haqida hikoya qilgan edi. U Abdulla Qodiriy, Cho‘lpon va Abrurauf Fitrat portretlari aks etgan graffitlarni chizgan.

Shuningdek, strit-art qanday kelib chiqqani, uning yo‘nalishlari, mashhur «ko‘cha rassomlari» haqida ham мақолаe’lon qilingan.

Yil boshidan buyon birjalarda Ai-80 rusumli benzinning ulgurji narxi 72,1 foizga — bir tonnasi uchun 5,81 million so‘mdan 10 million so‘mga qimmatlashdi. Shu bilan birga, asosan import qilinadigan va jahon kotirovkalari bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa turdagi (Ai-91, Ai-92 va Ai-95) yoqilg‘ining o‘sish sur’atlari mahalliy analogga nisbatan pastroq bo‘ldi.

Monopoliyaga qarshi qo‘mita narxlarning oshishi sabablari va ularni barqarorlashtirish choralarini tushuntirgan edi. Qo‘mita birja operatsiyalarida «manipulyatsiya harakatlari» mavjudligini tasdiqladi. AMK arafasida birjada AI-80 narxi pasayishni boshlagani haqida xabar berdi.