Bugun,18 noyabr kuni Oliy Majlis Senatining 21-yalpi majlis davomida Senat raisi hozir joylarda ayollarni reabilitatsiya qilish markazlari nodavlat notijorat tashkliotlar sifatida ish olib borayotgani haqida fikr bildirdi, deb xabar bermoqda yuqori palata matbuot xizmati.

Senat raisi ta’kidlashiga ko‘ra, NNT tomonidan ayollarni reabilitatsiya qilish markazlari xalqaro standartlar asosida ish olib bormoqda.

«Biz xotin-qizlarga ijtimoiy yordam berishda ularning tajribasidan ham foydalanishimiz kerak. Shuningdek mazkur yo‘nalishda kadrlar salohiyati masalasi ham muhim. Kimlar ayollarni reabilitatsiya qilyapti? Kimlar ayollarga psixoligik, ijtimoiy-huquqiy yordam beryapti? Bu borada ham yetarlicha muammolar bor», — dedi Tanzila Narbayeva.

Senat raisi bugungi kunda yordamga muhtoj ayollarga huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan himoya orderi berilayotganiga to‘xtalib o‘tdi.

«Lekin o‘sha ayoli bir oydan so‘ng yana zo‘ravon eri bilan hayotini davom ettiradi. Yana boshqatdan avvalgi salbiy holatlar boshlanadi. Shuning uchun biz birinchi navbatda bu toifadagi ayollarni to‘liq normal hayotga qaytarish choralarini ko‘rishimiz kerak», — ta’kidladi u.

Tanzila Narbayevaning so‘zlariga ko‘ra, ularni «Ayollar daftari»ga kiritib, uy-joy masalasi, kasbga o‘qitish va bandligini ta’minlash chorasini ko‘rish lozim.

«Bu ham inson huquqi, ayol huquqi. Ayoliga zo‘ravonlik qilayotgan shaxslarga nisbatan ko‘rilayotgan choralar yetarli emas. Garchand ular qonunchiligimizda belgilangan bo‘lishiga qaramay. Shunday bo‘lsa ham bu bo‘yicha ishlarni tizimli nazoratga olish kerak», — deydi Senat raisi.

Iyul oyida Tanzila Narbayeva tazyiq va zo‘ravonlik qurboni bo‘lgan ayollar haqida gapirar ekan, himoya orderini hech kim olmasada kerak, degan fikrda bo‘lganиниайтgaн edi.«Ayniqsa O‘zbekistonda, uzoq qishloqlarda yashayotgan ayollar uyimdagi gap-so‘zlar ko‘chaga chiqmasin deydi. Bu tizim qanday ishlar ekan deb o‘ylasam, 1 yil ichida 15 ming ayol himoya orderini olibdi», — degandi u.

O‘zbekiston Ayollar, tinchlik va xavfsizlik global indeksida 170 ta mamlakat ichidan 74-o‘rinni egallagan. Reyting ayollarning xavfsizligi, ularning parlamentdagi ulushi, diskriminatsion normalar singari kategoriyalar asosida tuzilgan.