Prezident farmoniga asosan, 17 noyabr kuni xalq ta’limi vaziri lavozimiga Baxtiyor Saidov tayinlandi. Bu haqda vazirlik axborot xizmati xabar berdi.

Bir kun avval Oliy Majlis Qonunchilik palatasi vazir lavozimiga Baxtiyor Saidov nomzodini ma’qullagan edi.

Baxtiyor Saidov Toshkent Davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan. U Xitoydagi elchi sifatida 2017 yil iyundan beri ishlab kelayotgan edi. U 2018 yilning aprel oyidan O‘zbekistonning Mo‘g‘ulistondagi elchisi, 2019 yildan esa — Filippindagi elchisi (qarorgohi Pekinda joylashgan) lavozimlarida ham faoliyat yuritayotgan edi.

Shu kunga qadar xalq ta’limi vaziri lavozimida ishlab kelgan Sherzod Shermatov Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri lavozimiga tayinlandi.