17 noyabrdan boshlab O‘zbekistonda avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor stansiyalarida xizmat ko‘rsatish grafigiga vaqtinchalik cheklov o‘rnatilgani haqida xabar bergan edik.

Energetika vazirligi magistral va taqsimlovchi gaz quvurlari ishida texnologik rejim buzilishlarning oldini olish maqsadida avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalarida kechki va tunggi vaqtlari oralig‘ida cheklovlar joriy qilinishini aytib o‘tgan.

«O‘ztransgaz» AJ matbuot xizmati «Gazeta.uz»ga shoxobchalarning hududlar kesimidagi ish jadvalini taqdim etdi:

Andijon viloyatida16:00dan 05:00ga qadar
Jizzax viloyatida
17:00dan 23:00ga qadar
Navoiy viloyatida
19:00dan 06:00ga qadar
Namangan viloyatida18:00dan 06:00ga qadar
Samarqand viloyatida
15:00dan 23:00ga qadar
Sirdaryo viloyatida
17:00dan 23:00ga qadar
Surxondaryo viloyatida17:00dan 23:00ga qadar
Toshkent viloyatida
16:00dan 22:00ga qadar
Farg‘ona viloyatida
20:00dan 23:00ga qadar