Vazirlar Mahkamasining «Milliy haydovchilik guvoxnomasining xamda avtomototransport vositasi ro‘yxatdan o‘tkazilganligi
to‘g‘risidagi guvohnomaning yangi namunalarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qaroriga o‘zgartirishlar kiritildi.

Ilgari, almashtirishning oxirgi muddati 2021 yil 31 dekabr edi. O‘zgartirishlarga ko‘ra, uning muddati guvohnoma va «texpasport"lar berilgan yilga bog‘liq:

  • 2010 yilgacha bo‘lgan davrda berilganlari — 2022 yil 31 martga qadar;
  • 2010−2012 yillarda berilganlari — 2022 yil 30 iyunga qadar;
  • 2013−2015 yillarda berilganlari — 2022 yil 30 sentabrga qadar;
  • 2015 yildan keyin berilganlari — 2022 yil 31 dekabrga qadar muddatlarda majburiy tartibda amalga oshiriladi.

sentabr oyida Davlat xizmatlari agentligi faqat 3,6 million kishi yangi haydovchilik guvohnomasini o‘zgartirgani, 2 milliondan ortiq kishi esa eski guvohnomaga ega ekanligini ma’lum qilgan. Shundan so‘ng Adliya vazirligi guvohnomalarni almashtirish muddatini yuqorida tasdiqlangan jadvalga muvofiq yana bir yilga uzaytirishni taklif qildi.

O‘zbekistonda 2017 yil oktabridan yangi haydovchilik guvohnomalari va «texpasport"lar joriy qilingan. Dastlab 2020 yil 31 dekabrga qadar guvohnomalar va ro‘yxatga olish guvohnomalarini almashtirish rejalashtirilgan edi. Bu muddat o‘tgan yilning bahorida bir yilga uzaytirilgan edi.