Toshkentning Labzak mavzesida yo‘l qismiga daraxt qulab tushdi

Toshkent shahrining Labzak mavzesida daraxt yo‘l qismiga qulab, Matiz avtomashinasining old qismiga shikast yetkazdi. Jabrlanganlar yo‘q.

Milliy gvardiya qo‘mondoniga birinchi o‘rinbosar tayinlandi

Inamjon Ibragimov Milliy gvardiya qo‘mondonining jamoat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Endi yuridik shaxslar ham avtomobillarni qisqa muddatga ijaraga olishi mumkin

Endilikda nafaqat jismoniy shaxslar, balki yuridik shaxslar ham avtomobillarni qisqa muddatga ijaraga olishlari mumkin. Ijaraga berilgan transport tomonidan buzilgan yo‘l harakati qoidalarini esa onlayn tekshirish imkoniyati yaratildi.

AKTga Sherzod Shermatov, XTVga esa Baxtiyor Saidov rahbar etib tayinlandi

Prezident farmoni bilan 2018 yildan beri xalq ta’limi vaziri sifatida ishlab kelayotgan Sherzod Shermatov AKT vaziri lavozimiga tayinlandi. Uning o‘rniga esa 2017 yildan beri O‘zbekistonning Xitoydagi elchisi lavozimida faoliyat yuritgan Baxtiyor Saidov vazir bo‘ldi.

Pedagogika universitetiga yangi rektor tayinlandi

Abdug‘affor Qirg‘izboyev Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti rektori etib tayinlandi. Universitetning sobiq rektori Alisher Umarov lavozimidan ozod etildi.

“Hech kimni majburlashga haqqi yo‘q”. Adliya vaziri — hokim yordamchisi lavozimiga majburiy tayinlovlar haqida

Adliya vaziri Ruslanbek Davletov respublikadagi barcha mahallada hokim yordamchisi lavozimiga moliya-iqtisodiyot sektori xodimlari majburan o‘tkazilayotganiga izoh berar ekan, “bu noqonuniy”, deya ta’kidladi. “Hech kimni majbur qilishga haqqi yo‘q… Tazyiqlar bo‘ladigan bo‘lsa murojaat qilishi mumkin”, — dedi u. Vazir shuningdek, kasbni erkin tanlash konstitutsiyaviy huquq ekanligini eslatib o‘tdi.

Kogonda tuproq o‘pirilishidan halok bo‘lganlar bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Buxoro viloyatining Kogon shahridagi suv quvuri yotqizilish vaqtida tuproq o‘pirilishidan 2 kishi halok bo‘lgan edi. Holat yuzasidan mehnatni muhofaza qilish qoidalarini buzish odam o‘lishiga sabab bo‘lsa moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

O‘zgidromet Toshkentda iflos qor yog‘gani sababini tushuntirdi

Chorshanba kuni erta tongda poytaxtda iflos qor yog‘di. O‘zgidromet bunga 4 noyabrda Qozog‘iston janubida va 16 noyabrda Buxoro viloyatida kuzatilgan qum bo‘ronlari sabab bo‘lganini ma’lum qildi. Shuningdek, bu inson salomatligiga ziyon yetkazmasligi aytilmoqda.

Rossiya O‘zbekistonda sakkizta OTM filialini ochishi kutilmoqda

Rossiyaning yana sakkizta oliy o‘quv yurti O‘zbekistonda o‘z filiallarini ochish niyatida, ulardan uchtasi yaqin kunlarda o‘zbekistonlik talabalarni qabul qilishga hozirlik ko‘rmoqda. Bu haqda ikkinchi Rossiya-O‘zbekiston ta’lim forumida muhokama qilindi.

Shavkat Mirziyoyev davlat tashrifi bilan Qozog‘istonga boradi

Prezident Shavkat Mirziyoyev yil oxirigacha Qozog‘istonga davlat tashrifi bilan boradi. Bu haqda Qozog‘iston davlat rahbari Qasim-Jomart Toqayev bilan telefon orqali muloqotda kelishuvga erishildi.

Ob-havo sharoiti tufayli qator aviareyslar kechiktirildi

Qattiq qor va havo haroratining keskin tushishi sababli Toshkent aeroportida qator reyslar kechiktirildi. Dubayga uchgan HY-333 reysining samolyoti yo‘lovchining qarindoshi vafot etgani sababli uchishdan bosh tortgani sababli kechiktirilganligi ma’lum bo‘ldi.

O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxirasi qariyb 800 mln dollarga oshdi

Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, 1 noyabr holatiga O‘zbekistonning oltin valyuta zaxirasi 35,21 mlrd dollarni tashkil etgan. O‘tgan oy bilan taqqoslaganda, zaxiralar 797,1 mln dollarga yoki 2,3 foizga o‘sgan. Bunga jahon bozorida oltin narxining ko‘tarilishi sabab bo‘lgan.

O‘zbekistonning bir qator hududlarida yer qimirlashi kuzatildi

Qirg‘izistonda kuzatilgan zilzila O‘zbekiston hudularida ham sezildi. Jumladan, Xonobodda 3−4 ball, Qo‘rg‘ontepada 3 ball, Jalaquduqda 3 ball, Paxtaobodda 3 ball, Asakada, Norin, Marhamat va boshqa tumanlarda 2 ballik silkinishlar qayd etildi.

Endi paxta klasterlari bilan tuzilgan bitim sud orqali bekor qilinadi

Prezident farmoni bilan paxta-to‘qimachilik klasterlari faoliyati tartibga solinmoqda. Endilikda klasterlar maxsus komissiya xulosasi asosida Hukumat qarori bilan tashkil qilinadi va 30 yilga bitim tuziladi. Tomonlardan biri qarshi bo‘lsa, majburiyatlar o‘z vaqtida bajarilmasa yoki klasterga a’zo fermerlarning 66 foizi murojaat qilsagina bitim bekor qilinadi.

“Toshkent suv ta’minoti” Olmaliq shahar filiali boshlig‘i pora bilan qo‘lga tushgani aytilmoqda

“Toshkent suv ta’minoti” Olmaliq shahar filiali boshlig‘i va yetakchi mutaxassisi tadbirkordan savdo majmuasini qurishda sarflanayotgan suv bayonnomasini bazaga kiritmaslik uchun 2000 dollar talab qilgani aytilmoqda. Yetakchi mutaxassis pullarning bir qismini olganida qo‘lga tushgan.

Shavkat Mirziyoyev 19 noyabrda Rossiyaga tashrif buyuradi

Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston prezidenti etib qayta saylanganidan keyingi ilk ikki tomonlama tashrifi 19 noyabr kuni Rossiyaga bo‘ladi.

Navoiyda oltin qazib olish vaqtida 4 kishi qum ostida qolib halok bo‘ldi

Navoiy viloyati Konimex tumani Lolazor nomli cho‘l hududida bir guruh fuqarolar tuproq tarkibidan tilla qumlarini kavlab olish vaqtida 4 nafar fuqaro qum bosib qolishi oqibatida halok bo‘ldi. Holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda.

Toshkentning ayrim hududlarida elektr energiyasi ta’minotida uzilishlar kuzatilmoqda

Toshkent viloyatining Zangiota, Toshkent shahrining Olmazor va Shayxontahur tumanlarida elektr energiyasi ta’minoti uzilishlar kuzatilmoqda. Bunga Zangiota tumanidagi “Xaskovo” podstansiyasida qisqa tutashuv natijasida o‘chish sabab bo‘lgan.

Qordagi ifloslantiruvchi moddalarning miqdori sezilarli darajada emas — O‘zgidromet

O‘zgidromet tomonidan Toshkent shahrida kunduzi o‘tkazilgan qor namunalari tahlillari qordagi ifloslantiruvchi moddalarning miqdori sezilarli darajada emasligi va inson salomatligiga ziyon yetkazmasligini tasdiqladi. Shuningdek, yog‘inlar yoqqanda birinchi yarim soatda tashqarida bo‘lish tavsiya etilmasligi, chunki bu vaqtda asosiy ifloslanish miqdori atmosferadan yuvilishi aytildi.

Oliy sud raisining xizmat mashinasi YTHga uchragan. Haydovchi davolanmoqda

Toshkentda Oliy sud raisi Kozim Komilovga tegishli Malibu rusumli xizmat mashinasi YTHga uchradi. Hodisa yuz berganda rais mashinada bo‘lmagan. Avtomobil haydovchisi hozirda davolanmoqda.

Boshlang‘ich sinflarda o‘qish va matematika ko‘nikmalarini baholash boshlandi

O‘zbekistonda 15 noyabrdan 7 dekabrgacha boshlang‘ich sinflarda o‘qish (EGRA) va matematika ko‘nikmalarini baholash (EGMA) bo‘yicha ilk tadqiqot o‘tkazilmoqda. USAID va Xalq ta’lim vazirligi o‘rtasidagi qo‘shma loyiha ushbu fanlar bo‘yicha o‘quv dasturlarini takomillashtirishga yordam beradi.

Gaz quyish shoxobchalarining ish vaqti bo‘yicha cheklov joriy etiladi

17 noyabrdan boshlab O‘zbekistonda avtomobillarga gaz to‘ldirish shoxobchalarining xizmat ko‘rsatish grafigiga vaqtinchalik cheklov o‘rnatiladi. Buning natijasida birinchi navbatda aholiga gaz yetakazib beriladi. Masalan, Jizzax viloyatidagi 68 ta gaz quyish shoxobchasida soat 17:00 dan 23:00 gacha gaz ta’minoti to‘xtatiladi.

“Gazeta.uz"da chiqqan maqola va fotomateriallar:

Foto: Toshkentdagi birinchi qor

Toshkentda birinchi qor yog‘moqda. Erta tongdan yog‘gan qor loy qatlami bilan qoplangani kuzatilmoqda. Keyinroq u yana oq tus olib, kuchaydi. Daraxtlar shoxlari namlikning og‘irligi tufayli ba’zi joylarda qulab tushdi. “Gazeta.uz” fotomuxbiri Yevgeniy Sorochin poytaxt bo‘ylab sayr qildi.

“Bizga katta-katta ishlarni qilishni o‘zi qilib ko‘rmagan o‘qituvchi o‘rgatadi”. O‘zbekistonlik talabalar “oltin davr” haqida

17 noyabr kuni “Xalqaro talabalar kuni” nishonlanadi. Talabalik — oltin davr, deyishadi. Chindan ham bu davr “oltin"mi, talabalikning qanday qiyinchilik va mashaqqatlari bor? “Gazeta.uz” turli universitetlarda o‘qiydigan talabardan mazkur savollarga javob oldi.