Polkovnik Inamjon Ibragimov Milliy gvardiya qo‘mondonining jamoat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Milliy gvardiya axborot xizmati xabar berdi.

Ushbu tayinlovga qadar u Milliy gvardiya maxsus brigada komandiri lavozimida faoliyat yuritib kelgan.