O‘zbekiston Afg‘onistonning yangi hukumatlari o‘z va’dalari va xalqaro majburiyatlarini bajara olishiga umid qiladi, ularning boshqa yo‘li yo‘q, dedi O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Euractiv media-portaliga bergan intervyusida. Uning to‘liq versiyasi TIV matbuot xizmati tomonidan e’lon qilindi.

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri «Tolibon» xalqaro hamjamiyat oldida qanday majburiyatlarni olganini eslatdi:

  • keng vakillikka asoslangan hukumatni barpo etish;
  • insonning asosiy huquq va erkinliklariga, shu jumladan ayollar va milliy ozchiliklarning huquqlariga rioya qilish;
  • xalqaro terrorizm va narkotrafikga qarshi kurash;
  • turli terroristik guruhlarning mamlakat hududiga joylashtirilishiga yo‘l qo‘ymaslik, ular bilan har qanday aloqalarni to‘xtatish;
  • mintaqa davlatlari bilan yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini qo‘llab-quvvatlashni amalga oshirishiga umid qilishini ta’kidladi.

«Afg‘oniston hududidan boshqa davlatlar uchun zarracha tahdid ham boshqa hech qachon kelmasligi kerak. O‘ylaymizki, Afg‘oniston muvaqqat hukumati bu davlat yaqin kelajakda davlatlararo va xalqaro munosabatlarning teng huquqli subyektiga, umumiy sivilizatsiya dunyosining bir qismiga aylanishi uchun bu muhim qadamlarni amalga oshirishga qodir», — dedi Abulaziz Kamilov.

«Boshqa yo‘l yo‘q, faqat u afg‘on xalqini taraqqiyot va farovonlikka, Afg‘onistonni esa uzoq kutilgan tinchlik sari yetaklaydi», deya qo‘shimcha qildi u.

Vazirning qo‘shimcha qilishicha, Afg‘onistondagi gumanitar vaziyat halokatga yaqin.

«Afg‘oniston xalqiga samarali va shoshilinch yordam ko‘rsatish bizning qo‘limizda. Ustuvor qadamlar sifatida Afg‘onistonning xalqaro aktivlarini muzlatish, sanksiyalarni bekor qilish, shuningdek, mamlakatning butun bank tizimini tiklashda samarali yordam ko‘rsatish uchun jahon hamjamiyatining barcha imkoniyatlaridan foydalanish mumkin, deb hisoblaymiz», — dedi TIV rahbari.