Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi Gruziyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushdi. Mazkur o‘yin “Tengiz Burjanadze” stadionida bo‘lib o‘tdi.

O‘yinning 41-daqiqasida markaziy himoyadagi xatodan Davit Volkov unumli foydalanib hisobni ochdi (video). Abdulla Abdullayev unga qarshilik ko‘rsatishda xato qildi.

Eslatib o‘tamiz, Gruziya terma jamoasi JCH-2022 uchun saralash guruhida 4-o‘rinni egallagan va Qatardagi turnirda ishtirok etmaydi. O‘zbekiston ham shu yilning yozida Osiyo saralash bosqichidagi ishtirokini yakunlab, jahon chempionatiga chiqa olmadi.

Avgust oyi oxirida O‘zbekiston terma jamoasiga sloveniyalik mutaxassis Srechko Katanets bosh murabbiy etib tayinlandi. Uning qo‘l ostida jamoa 4 ta o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazdi. Gruziyadan mag‘lubiyatga uchraganidan tashqari, O‘zbekiston terma jamoasi Shvetsiya (2:1) va Iordaniya (3:0)ga mag‘lub bo‘ldi. Hozircha yagona g‘alaba Malayziya bilan o‘yinda (5:1) bo‘ldi.

Foto

Foto: O‘FA matbuot xizmati