«Samarqand» xalqaro aeroportida yangi aerodrom kompleksi va yangi aeronavigatsiya uskunalarini foydalanishga tayyorlash bilan bog‘liq ishlar davom ettirilmoqda. Shu munosabat bilan aeroportning yopilishi joriy yilning 15 dekabriga qadar uzaytiriladi, deya xabar bermoqda Uzbekistan Airports kompaniyasi matbuot xizmati.

Barcha aviareyslar respublikaning boshqa xalqaro aeroportlariga — «Navoiy», «Buxoro», «Qarshi» aeroportlariga yo‘naltiriladi.

Eslatib o‘tamiz, avvlroq 20 oktabrdan 20 noyabrgacha «Samarqand» xalqaro aeroportida yangi aerodrom majmuasini ishga tushirishga tayyorgarlik ko‘rish munosabati bilan parvozlarni vaqtincha to‘xtatishi haqida xabar berilgandi. Yangi aerodrom majmuasi qurilishi 2022 yilda Samarqandda bo‘lib o‘tadigan SHHT sammitiga tayyorgarlik ko‘rish ishlari doirasida olib borilmoqda.