DXX tomonidan Andijon viloyat prokuraturasida mas’ul lavozimda ishlovchi xodim pora olayotgan vaqtda ushlangan. Bu haqda «Gazeta.uz»ga Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov xabar berdi.

«12 noyabr kuni soat taxminan 23.00 larda huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda Andijon viloyati prokuraturasi xodimi 15 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ushlangan», — deyiladi xabarda.

Hozirda tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazilmokda.

sentabr oyida Jizzax va Samarqandda ham prokurorlar pora bilan qo‘lga tushgan edi.