Bugun O‘zbekistonda quruq va asosan kam bulutli ob-havo saqlanib turadi. Bu haqda O‘zgidromet xabar bermoqda.

Kun o‘rtalariga kelib, hududning katta qismida havo +16…+18 daraja iliqgacha isiydi.

Ertaga respublika hududi bo‘yicha yog‘ingarchiliksiz ob-havo saqlanib turadi, ammo bulutlilik ko‘payadi va buning hisobiga harorat biroz pasayadi.

Yakshanba kuni O‘zbekiston hududiga Turkmaniston hududlaridan biroz nam va salqin havo massalari kirib kelishi kutilmoqda. Respublika bo‘yicha ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘adi. Faqat Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida yog‘ingarchiliksiz ob-havo saqlanib turadi.

Kechasi havo harorati +3…+8 daraja iliq atrofida bo‘ladi, lekin kunduz kuni esa sezilarli darjada sovuqlashadi. Kunduz kungi harorat +8…+13 daraja iliqdan yuqori bo‘lmaydi.