Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumani Oqtosh qishlog‘i hududida 53 tup ko‘p yillik daraxtlar noqonuniy kesilganligi haqida xabar tarqadi.

Toshkent viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi axborot xizmati mazkur holat yuzasidan izoh berdi.

Ma’lum qilinishicha, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi nazorat bo‘yicha Bo‘stonliq tumani inspeksiyasi xodimilari tomonidan olib borilgan o‘rganish ishlari olib borilgan. O‘rganish davomida jami 56 tup, shundan, 53 tup shumtol, 2 tup baqaterak, 1 tup qizil do‘lana daraxtlari noqonuniy ravishda kesilganligi aniqlandi.

Holat yuzasidan xolis guvohlar ishtirokida belgilangan tartibda dalolatnoma rasmiylashtirildi. Noma’lum shaxclarning hatti-harrakatlari natijasida o‘simlik dunyosiga 288 mln 792 ming so‘m miqdorda zarar yetkazilgan.

Bosh prokuratura axborot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov holat yuzasidan izoh berdi.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 198-moddasi (Ekinzorlarni, o‘rmonlarni, daraxtlarni yoki boshqa o‘simliklarni shikastlantirish yoxud nobud qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

sentabr oyida Surxondaryo viloyatining Sho‘rchi tumanida 160 tupdan oshiq tut daraxti kesib tashlangan va tutzor bog‘ o‘rnida qurilish boshlanganligi haqida xabar berilgan edi.

Bundan tashqari Bo‘stonliq tumanidagi «Amirsoy» kurort zonasida 700 tup atrofidagi qimmatbaxo daraxtlarni kesib tashlagani yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan edi.

Avgust oyining oxirida prezident topshirig‘iga bilan daraxtlarni kesishga moratoriy 2024 yilga qadar uzaytiriladi va javobgarlik keskin kuchaytirilishi haqida xabar berilgan.

Sentyarb oyi avvalida Shavkat Mirziyoyev o‘z saylovoldi dasturida daraxtlarni kesishga muddatsiz moratoriy joriy qilinishi haqida ma’lum qilgandi.