12 noyabr kuni ertalab soat 6:38 da Andijon viloyatining Jalaquduq tumani hududida zilzila sodir bo‘ldi, deb xabar qildi O‘zbekiston FVV Seysmoprognostik monitoring respublika markazi.

Toshkentdan 298 km uzoqlikda joylashgan epitsentrda zilzila magnitudasi 4,1 ballni tashkil qildi. Chuqurligi 10 km.

Turli hududlarda silkinishlar kuchi:

  • Jalaquduq tumani: 4 ball;
  • Qo‘rg‘ontepa tumani: 3−4 ball, epitsentrdan 14 km uzoqlikda.
  • Andijon tumani: 3 ball, 21 km.
  • Xo‘jaobod tumani: 3 ball, 21 km.
  • Xonobod tumani: 2−3 punkt, 29 km.
  • Andijon shahri: 2−3 ball, 30 km.
  • Buloqboshi tumani: 2−3 ball, 30 km.
  • Paxtaobod tumani: 2−3 ball, 31 km.
  • Izboskan tumani: 2 ball, 40 km.
  • Asaka tumani: 2 ball, 43 km.
  • Oltinko‘l tumani: 2 ball, 44 km.
  • Marhamat tumani: 2 ball, 47 km.