O‘zbekistonda skeyt assotsiatsiyasi tashkil etilmoqda

Skeytbording, roller va skuterda uchish sport turlarini o‘z ichiga olgan “Skeyt O‘zbekiston” assotsiatsiyasini tuzish rejalashtirilmoqda. Endilikda o‘zbekistonlik skeytbordchilar uchun Parij-2024 olimpiadasiga 12 ta litsenziya olish imkoniyati mavjud.

Sog‘liqni saqlash vaziri Abduxakim Xadjibayev lavozimidan ozod etildi

Behzod Musayev sog‘liqni saqlash vaziri lavozimiga tayinlandi. Ushbu lavomizda ishlab kelgan Abduxakim Xadjibayev O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasiga o‘tishi kutilmoqda.

“Har bir tashkilotda kasaba uyushmasi faoliyat ko‘rsatishi shart”. Prezident soha xodimlarini kasb bayrami bilan tabrikladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev ilk bor nishonlanayotgan 11 noyabr — O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni munosabati bilan soha hodimlariga tabrik maktubi yo‘lladi. Maktubda so‘nggi 5 yilda tizimda amalga oshirilgan islohotlar bilan birga kelgusidagi ustuvor vazifalar ham tilga olingan. Jumladan, davlat rahbari har qaysi korxona yoki tashkilotda albatta kasaba uyushmasi faoliyat ko‘rsatishi va rahbarlar ular bilan yaqin hamkorlikda ish olib borishi shart ekanligini ta’kidladi.

Paxta-to‘qimachilik klasterlari paxta yetishtirish va terish uchun imtiyozli kreditlar olishi mumkin

2022 yil hosilidan paxta yetishtirish va yig‘im-terimini Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan moliyalashtirishning yangi tartibi joriy etiladi. Urug‘chilikni rivojlantirish markazi tarkibidagi paxta-to‘qimachilik klasterlari va elita urug‘chilik xo‘jaliklari imtiyozli kredit olishlari mumkin bo‘ladi.

Toshkentdagi shifoxona mansabdorlari 586,7 mln so‘m budjet mablag‘ini talon-toroj qilganlikda gumonlanmoqda

Antikorrupsiya agentligi o‘rganishlari natijasida Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazining ko‘p tarmoqli klinikasida 9,7 mlrd so‘mlik moliyaviy xato va kamchiliklar aniqlandi. Shundan 586,7 mln so‘mlik budjet mablag‘lari talon-taroj qilinganligini aytilmoqda. Shifoxonaning mansabdor shaxslariga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.

“Zarubejneft” Jizzakh Petroleum kompaniyasining ulushini sotib olmoqchi — OAV

“Zarubejneft” Jizzakh Petroleum kompaniyasining ulushini sotib olishni muhokama qilmoqda, deya xabar berdi “Kommersant'”. Rossiyaning davlat kompaniyasi mintaqada neft va gaz qazib olish bo‘yicha klaster shakklantirmoqchi.

Qashqadaryoda rasman “o‘lgan” fuqaro notarius va shahar prokurorini obro‘sizlantirishda ayblanmoqda

Qarshi shahrida 23 yil ilgari hujjatlarda “o‘lgan” Anvar Javharov notarius hamda shahar prokurorini obro‘sizlantirish va ularga tuhmat qilishda ayblanib, sud qilinmoqda. Ayblanuvchi “faqat va faqat o‘zining tirikligini isbotlashga” uringani, uning turmush o‘rtog‘i hujjatlarni soxtalashtirib, uyini sotib yuborganini aytmoqda.

O‘zbekistonda Qiwi Uzbekistan elektron pullarning chiqarilishiga ruxsat berildi

Markaziy bank O‘zbekistonda “QIWI Uzbekistan” elektron pullarning chiqarilishiga ruxsat berdi. “Kapitalbank” tomonidan mazkur elektron pullar tizimining emitenti sifatida elektron pullarni chiqarish faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.

Rossiyada qolib ketgan o‘zbekistonliklar uchun maxsus poyezdlar qatnovi yo‘lga qo‘yilmoqda

“O‘zbekiston temir yo‘llari” pandemiya davrida Rossiyada qolib ketgan O‘zbekiston fuqarolarining mamlakatga kelishi uchun 5 ta maxsus poyezdlar qatnovini yo‘lga qo‘yadi. Reyslar 15, 19, 22, 26, 29 noyabr kunlari “Voljskiy-Toshkent” yo‘nalishida amalga oshiriladi.

Shavkat Mirziyoyev Turkiyaga jo‘nab ketdi

Shavkat Mirziyoyev Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashining sakkizinchi sammitida ishtirok etish uchun Turkiyaning Istanbul shahriga jo‘nab ketdi. Davlat rahbari tashrif doirasida qator ikki tomonlama uchrashuvlar ham o‘tkazadi.

DXX Sirdaryoda terrorchi guruhga a’zolikda gumonlangan shaxslarni qo‘lga oldi

DXX tomonidan Sirdaryo viloyatida terrorchi guruh ta’siriga tushib qolganlikda va “jihod"ga chorlovchi materiallarni muntazam ravishda tarqatib kelganlikda gumonlangan shaxslar ushlandi. Guruh yetakchisi Suriyaga borib, terrorchi tashkilotlar tarkibiga qo‘shilishni maqsad qilgani aytilmoqda.

2022 yilda YAIM 5,9 foizga o‘sishi prognoz qilinmoqda

2022 yilda O‘zbekiston iqtisodiy o‘sish sur’ati 5,9 foizni tashkil etib, YAIM hajmi qariyb 840 trln so‘mga yetishi ko‘zda tutilmoqda. Tashqi savdo aylanmasi 46,3 mlrd dollarni tashkil etishi prognoz qilingan. Bundan tashqari, inflyatsiya darajasi 2022 yilda 9 foiz atrofida bo‘lishi kutilmoqda.

2022 yilda budjet xarajatlari YAIMga nisbatan 33% miqdorida bo‘lishi prognoz qilinmoqda

2022 yilgi konsolidatsiyalashgan budjet xarajatlari 277,2 trln so‘m yoki YAIMga nisbatan 33% miqdorida bo‘lishi prognoz qilinmoqda. Hisob palatasi kelgusi yilda aholini uy-joy bilan ta’minlash dasturlarini moliyalashtirish uchun 2,1 trln so‘m subsidiyalar ajratishni tavsiya qildi. 2022 yil uchun 1 AQSh dollarining yillik o‘rtacha almashuv kursi 11 321 so‘mga prognoz qilindi.

Hududlardagi tibbiyot muassasalarini jihozlash va kadrlar malakasini oshirishga $100 mln ajratiladi

Prezident qarori bilan tuman va viloyat tibbiyot muassasalari uchun zamonaviy tibbiy uskunalar xarid qilish va kadrlarning xorijda malakasini oshirishga Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi hisobidan 100 mln dollar ajratiladi. Mablag‘lar hokimliklarga qaytarish sharti bilan milliy valyutada 3 yil muddatga ssuda sifatida taqdim etiladi.

Jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘i 10 foizga oshishi kutilmoqda

2022 yilda jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘i stavkalarini 10 foizga oshirish rejalashtirilmoqda. Shuningdek, aksiz solig‘i stavkalarining o‘rtacha 10 foizga oshishi kutilmoqda. Yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq stavkasi esa amaldagi 2 foizdan 1,5 foizga kamaytirish ko‘zda tutilgan. Hisob palatasi 2022 yilgi davlat budjeti qonuni loyihasi va budjetnoma bo‘yicha xulosa berdi.

Kun fotosi: Bosh vazir Abdulla Aripov “Bavariya” libosi bilan

Bavariya bosh vaziri Markus Syoder Myunxenning “Bavariya” klubiga muxlislik qiluvchi O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov bilan tushgan suratini joylashtirdi. Shu kunlarda O‘zbekiston hukumat delegatsiyasi Germaniyada bo‘lib turibdi.

“Gazeta.uz"da chiqqan maqolalar:

Yashil maydonlarni rejalashtirish, hisobga olish va daraxtlarni davolash qanday bo‘lishi kerak — Zinoviy Novitskiy tavsiyalari

Avvaldan ishlab chiqilgan loyihalarsiz daraxt ekish mumkin emas. Kasal daraxtlarni kesish emas, balki davolash kerak. “Yashil Makon” loyihasini amalga oshirishda o‘tmishdagi xatolarni takrorlamaslik uchun nima qilish kerak? Daraxt turlarini to‘g‘ri tanlash, ularni ekish, parvarishlash, hisobga olish va davolashni tashkil etish to‘g‘risida qishloq xo‘jaligi fanlari doktori Zinoviy Novitskiy maqolasida.