Markaziy bankning xabar berishicha, O‘zbekistonda «QIWI Uzbekistan» elektron pullarning chiqarilishi faoliyatiga ruxsat berildi.

Ma’lum qilinishicha, to‘lov tashkiloti litsenziyasiga ega bo‘lgan «Payment Aggregation Systems» MCHJ tomonidan «QIWI Uzbekistan» elektron pullar tizimi faoliyatini tashkil etish va «Kapitalbank» aksiyadorlik tijorat banki tomonidan mazkur elektron pullar tizimining emitenti sifatida elektron pullarni chiqarish faoliyati bo‘yicha taqdim etilgan hujjatlar o‘rganib chiqilgan.

O‘rganish natijasiga ko‘ra, «O‘zbekiston Respublikasi hududida elektron pullarni chiqarilishi va muomalada bo‘lishi qoidalari»ga (ro‘yxat raqami 3231, 29.04.2020 y) ko‘ra, «QIWI Uzbekistan» elektron pullar tizimi Markaziy bankning Elektron pullar tizimi reyestriga kiritilib, elektron pullarning chiqarilishi faoliyatiga ruxsat berildi.

Eslatib o‘tamiz, bundan oldin Prezidentning to‘ng‘ich kuyovi Oybek Tursunov «Kapitalbank»ning 50 foiz ulushini qo‘lga kiritgani haqida xabar berilgandi.