Singapur hukumati koronavirusga qarshi emlanishdan bosh tortgan COVID-19 bemorlari uchun tibbiy to‘lovlarni to‘lashni to‘xtatadi. Bu haqda Meduza mamlakat sog‘liqni saqlash vazirligi bayonotiga tayanib xabar bermoqda.

«Hozirda emlanmagan odamlar intensiv statsionar yordamga muhtoj bo‘lganlarning aksariyatini tashkil qiladi va bizning sog‘liqni saqlash resurslarimizga nomutanosib yuk yuklaydi», — deya ta’kidladi vazirlik.

8 dekabrdan boshlab kasalxonaga yotqizilgan emlanmagan bemorlardan kasallikni davolash bilan bog‘liq tibbiy xarajatlar uchun to‘lovlar undirila boshlaydi. Gap o‘z xohishi bilan emlanishdan bosh tortgan mamlakat aholisi haqida bormoqda. Emlanishi mumkin bo‘lmaganlar, shu jumladan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar va nojo‘ya ta’sir kuzatilishi mumkin bo‘lgan odamlarga mazkur o‘zgarishlar ta’sir qilmaydi.

Pandemiya boshlanganidan beri Singapur hukumati mamlakat fuqarolari va rezidentlari, shuningdek, uzoq muddatli sayohat ruxsatnomasi egalari uchun COVID-19`ni davolash bilan bog‘liq barcha tibbiy to‘lovlar uchun to‘lovlarni amalga oshirmoqda. Chet eldan qaytgach, qisqa vaqt ichida virus aniqlanganlar bundan mustasno. Bu qaror pandemiya davrida jamoatchilik xavotirini kuchaytirmaslik istagi bilan izohlangan.

Singapur Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, 8 noyabrga qadar mamlakatda aholining 85 foizi kovidga qarshi emlanishning to‘liq kursini tamomlagan, 18 foizi esa kuchaytiruvchi (buster) dozani olgan.