8 noyabr kuni Shahlo Ahmedova TBRG Open xalqaro musiqiy loyihasi doirasida David Guetta bilan kollaboratsiyada uning “Get Together” qo‘shig‘iga yangi remiksini taqdim etdi. Remiks Spotify, Apple Music, Deezer, “Яндекс.Mузыка”, Amazon Music, “Музыка ВКонтакте” kabi platformalarda mavjud.

Kollaboratsiya TBRG Open global loyihasining bir qismi bo‘lib, u butun dunyo bo‘ylab san’atkorlarni birlashtirib, ularga o‘z milliy madaniyati xususiyatlarini aks ettiradigan yangi musiqa yaratish imkoniyatini beradi. O‘zbekiston nomidan ishtirok etayotgan Shahlo Ahmedovadan tashqari Hindiston, Xitoy, Bolgariya, Nepal va Serbiyadan kelgan yirik ijrochilar David Guettaning xit qo‘shig‘iga o‘zlarining remikslarini taqdim etib, musiqa qanday qilib butun dunyodagi odamlarni birlashtirib, ularni bitta ritmda raqsga tushishga undashini namoyish etadi.

“Bunday uyg‘un va sho‘x qo‘shiqni remiksini yaratish men va jamoam uchun qiyin bo‘ldi. Milliy o‘zbek motivlari juda boy va bu tovushlar orqali aslida ko‘p narsani yetkazish mumkin. Biroq, men musiqaning bir-biriga mos kelmaydigan janrlarini birlashtirish g‘oyasidan ilhomlandim. Xalqimning an’anaviy musiqasi bilan uyg‘unlikda zamonaviy bitning kontrasti chinakam noodatiy sado yaratdi. Ishonamanki, mening remiksim butun dunyodagi musiqa ixlosmandlari qalbida alohida o‘rin egalay oladi.

David Guetta bilan ishlash juda yoqimli bo‘ldi. Bizning kollaboratsiya birlashish va yangi narsalarni yaratish uchun ajoyib imkoniyat yaratdi. Ushbu loyiha makon va boshqa chegaralardan tashqariga chiqadigan ijodimizdagi yangi bosqichdir. Menimcha, qaysidir ma’noda u xattoki o‘zining vaqtidan ham ilgarilab ketadi", — dedi Shahlo Ahmedova amalga oshirilgan ishlar haqida.

“Men butun hayotim davomida musiqa orqali odamlar bilan gaplashishga harakat qildim, hoh yangi tovushlarni yaratish, hoh turli san’atkorlar bilan hamkorlik qilish yoki mening jonli ijrolarim bo‘lsin. O‘zbekistondagi eng taniqli san’atkorlardan biri Shahlo Ahmedova mening qo‘shig‘imga remiks yaratmoqchi ekanini bilganimda juda hayajonlandim. Menga nafaqat yangi madaniyatga mansub san’atkor bilan muloqot qilish imkoniyati, balki ular mening qo‘shig‘imga o‘z talqinlarini qanday taqdim etishlarini eshitish ham juda qiziq edi. Bu o‘z o‘rnida dance janridagi musiqani va musiqa madaniyatini o‘zgacha qiladi”, — dedi David Guetta.

Avvalroq David Guetta TBRG Open bilan birgalikda o‘zbekistonlik muxlislar kengaytirilgan reallik effektida (AR) tomosha qilishlari mumkin bo‘lgan lirik videoni yaratgandi. Hozir qayerda ekanligingizdan qat’i-nazar, shunchaki TBRG Open`ning O‘zbekistondagi rasmiy sahifalarida joylashtirilgan havola bo‘yicha o‘tib, David Guettaning “Get Together” xitini qay tarzda ijro etayotganligini tinglashingiz mumkin.

Loyiha va kollaboratsiya haqida batafsil ma’lumotni TBRG Open sahifalarida olishingiz mumkin.

Instagram: @tbrgopenuz
Facebook: fb.com/TBRGOpen.uz

Reklama huquqlari asosida.