7 noyabr kuni O‘zbekistonda «Tez yordam» xizmatiga 3768 kishi murojaat qilgan. SSV ma’lumotlariga ko‘ra, shundan 349 tasi chang-qumli bo‘ron natijasida nafas yetishmovchiligi bilan bog‘liq chaqiriq bo‘lgan.

Shuningdek, allergik reaksiyalar bilan 25 ta, bronxial astma huruji bilan 48 ta murojaat bo‘lib, bemorlarning 8 tasi gospitalizatsiya qilingan.

«O‘zgidromet»xabariga ko‘ra, 7 noyabr kuni soat 11:00da o‘tkazilgan monitoring natijalari poytaxtda chang bilan ifloslanganlik darajasi pasayib, ruxsat etilgan maksimal konsentratsiyadan 3,3 baravar ortiqligini ko‘rsatgan.

4 noyabr kuni chang-qumli bo‘ron tufayli «Tez yordam» xizmatiga 678 kishi nafas siqishi muammosi bilan murojaat qilgan edi.

Eslatib o‘tamiz, «O‘zgidromet» payshanba kuni soat 21:00 dan 23:00 gacha Toshkent shahrida chang miqdori me’yordan 30 baravar oshgani, keyin esa pasayishni boshlagani haqida xabar bergan.

O‘zbekistonda 150 yil ichida yoki butun meteorologik kuzatuvlar davomida birinchi marta chang-qumli туманкузатилмоқda.

Markaz «Gazeta.uz» ga bergan ma’lumotlarida keng ko‘lamli qurilish ishlari ushbu hodisaning paydo bo‘lish sabablaridan biri ekanligini tasdiqlagan.

Havoda chang konsentratsiyasi ortishi munosabati bilan Sog‘liqni saqlash vazirligi tavsiyalarini e’lon qilgan edik. Mutaxassislar tomoq va burunni ozgina sho‘rlangan suv bilan chayishni, xonalarga ho‘l sochiqlarni osib qo‘yishni, ko‘chaga chiqmaslikka harakat qilishni va niqob kiyishni maslahat berishmoqda.