8 noyabr soat 11:00 holatiga ko‘ra, Toshkent shahrida havoning chang bilan ifloslanishi pasayishda davom etmoqda, deb xabar bermoqda «O‘zgidromet».

Markaz monitoring natijalariga ko‘ra, ifloslanish darajasi ruxsat etilgan maksimal qiymatdan oshmaydi.

Eslatib o‘tamiz, 4 noyabr, payshanba oqshomida havodagi changning ruxsat etilgan miqdoridan oshib ketishi 30 baravarga yetgan, keyin esa 10 baravarga tushgan.

Shanba kuni soat 11:00 da Toshkentda havoning chang bilan ifloslanganlik darajasi ruxsat etilgan maksimal konsentratsiyadan 6,7 barobar yuqori bo‘lgan.

Dam olish kunlarida sinoptiklar payshanba kuni sovuq havo massasining kirib kelishi natijasida hosil bo‘lgan atmosferaning quyi qatlamidagi inversiya qatlami changning tarqalish jarayonini kechiktirganini qayd etgan.

Dushanbaga kelib, ob-havo sharoiti yaxshilangan, u biroz isib ketdi, bu havodagi chang miqdorining pasayishiga olib keldi.