Volkswagen va Škoda O‘zbekistondagi dilerlik tarmog‘ini kengaytirishda davom etmoqda.

Samarqandda O‘zbekistondagi beshinchi Volkswagen va Škoda dilerlik markazlarining rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi va xaridorlarga xalqaro markadagi avtomobillar taqdim etildi. Ushbu dilerlik markazi yirik avtosalonlar tarmog‘i «Regal» bilan birgalikda ochildi.


Ochilish marosimida Volkswagen va Škoda brendlarining xorijiy vakillari ishtirok etishdi — Yan Vitt Volkswagen Group Rus kompaniyasining boshqaruv direktori va Petr Shols Škoda brendining rahbari.

Yan Vitt o‘z taassurotlari haqida so‘zlab, Volkswagen brendlari uchun O‘zbekiston avtomobil sanoatini rivojlantirishda ulkan salohiyat mavjudligini ko‘rayotganini aytdi. Petr Shols Škoda brendi Volkswagen konserninig O‘zbekiston bozoridagi strategiyasida katta o‘rin egalay boshlaganini ta’kidladi.


Shuningdek, Volkswagen va Škoda avtomobillarining Samarqanddek tarixiy mintaqada rasmiy dileri bo‘lishi, Samarqandlik avtoulovchilar uchun yanada yaqinroq, qulayroq va balki qadrdon bo‘lish imkoniyatiga ega ekanligini ta’kidlab o‘tdi. Barcha xalqaro brend standartlariga javob beradigan Samarqanddagi yangi dilerlik markazi barcha mehmonlarda katta taassurot qoldirdi.


Samarqanddagi multibrend avtosalon ikki oy ichida qurilgan. Uning maydoni — 1100 kv. m, shundan 700 kv. m — zamonaviy shourum. Volkswagen va Škoda avtomobillari uchun xizmat ko‘rsatish markazi mavjud bo‘lib, ular yetita bo‘limdan iborat. Keyinchalik ularni 12 ta bo‘limgacha kengaytirilish rejalashtirilmoqda. Bu esa mijozlarga o‘z vaqtida va sifatli xizmat ko‘rsatish imkonini beradi.


Yangi dilerlik markazi uch turdagi Volkswagen Caddy minivenlarini: Cargo, Kombi va Trendline hamda Škoda Kodiaq`ning ikki turi — besh o‘rindiqli Ambition va yetti o‘rindiqli Style`ni taklif etadi. Ushbu avtomobillar ham biznes, ham oilaviy foydalanish uchun mos keladi.

Avtomobillarning narxini kompaniyaning rasmiy veb-saytida topish mumkin. Belgilangan narxlar tashqi bozorlardagi o‘xshash avtomobillarga nisbatan pastroq.

Ushbu dilerlik markazida taqdim etiladigan xizmat barchani hayratda qoldirishi va ehtiyojlarini qondirishi mumkin.

Manzil: Samarqand, Ibn Sino ko‘chasi, 24 uy.

Avtosalon bilan bog‘lanish uchun telefonlar: (+998) 66−232−22−99, (+998) 97−102−33−99.

Facebook Volkswagen: fb.com/volkswagenuzb
Instagram Volkswagen: @volkswagenuzb
Telegram Volkswagen: t.me/vw_uz
Telegram-bot Volkswagen: t.me/VWSAVDO_bot

Facebook Škoda: fb.com/Skodauzb
Instagram Škoda: @skodauzb/
Telegram Škoda: t.me/skodauzb

Reklama huquqlari asosida.