Boks bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Abdumalik Xalakov (-60 kg) Belgradda (Serbiya) o‘tkazilgan jahon chempionatida kumush medalni qo‘lga kiritdi.

Avval xabar qilganimizdek, bokschi yarim finaldagi raqibi jarohati tufayli to‘g‘ridan-to‘g‘ri turnir finaliga yo‘l oldi. 5 noyabr kuni oltin medal uchun kechgan jangda unga Fransiya vakili Sofian Umiya raqiblik qildi.

Jang juda shiddatli kechdi, ikkala bokschi ham tayyorlangan reja va taktikaga amal qilishga harakat qilishdi, ammo yakunda fransuz sportchisi jahon chempioni unvonini qo‘lga kiritdi — 5:0.

Shu tariqa, O‘zbekiston boks bo‘yicha jahon chempionatini ikkita medal bilan yakunladi — «kumush» Abdumalik Xalakovga nasib etdi, bronza medalni avvalroq Madiyar Saidrahimov qo‘lga kiritgan edi.

Foto


Video