Uzoq vaqt davomida O‘zbekiston zamonaviy to‘lov usullari bo‘yicha anchagina konservativ davlat hisoblanardi. Bugungi kunda respublikada uzluksiz to‘lovlarni amalga oshirish va innovatsion texnologiyalarni keng joriy etishga qaratilgan islohotlar amalga oshirilmoqda. O‘zbekistonda to‘liq raqamli banking hali ham rivojlanmoqda, biroq xizmat ko‘rsatuvchilar va iste’molchilar uchun moliyaviy texnologiyalar imkoniyatlari juda keng.

“Elektron to‘lovlar sohasida xalqaro yetakchilardan biri bo‘lgan OpenWay kompaniyasi bir necha yil avval O‘zbekiston bozorida o‘z faoliyatini olib bormagan. Biroq birinchi mijoz, „O‘zsanoatqurilishbanki“ bilan loyiha boshlangach O‘zbekiston bozori dunyoning turli mamlakatlarida qo‘llanilayotgan yangi texnologiyalar va ilg‘or tajribalarga „tashna“ ekani ma’lum bo‘ldi. 2019 yil boshida boshlangan loyiha bizga darhol keng ko‘lamli ishlarga kirishishimizga imkon berdi, chunki bankga shunday keng funksional kerak ediki, u o‘sha paytda biz taklif qilishimiz mumkin bo‘lgan to‘lov biznesini optimallashtirish uchun deyarli barcha imkoniyatlarni jiddiy ko‘rib chiqdi. Keyin, 2020 yilda, pandemiya sharoitida InfinBank bilan hamkorligimiz boshlandi”, — dedi Dmitriy Dovgal, OpenWay kompaniyasining MDH mamlakatlarida biznesni rivojlantirish bo‘yicha direktor o‘rinbosari.

Kompaniya uchun bu bank vakillari bilan bitta ham shaxsiy uchrashuvsiz shartnomalar tuzish va tizimni joriy etishning birinchi tajribasi bo‘lgan. Bunday miqyosdagi loyihalarni sifatli amalga oshirish har doim ko‘p vaqt talab qiladi. InfinBank`ning UnionPay International (UPI) xalqaro to‘lov tizimida sertifikatlanishi rekord muddatda yakunlandi. OpenWay va bankning jamoalari birgalikda olib borgan faoliyati tufayli loyihaning ushbu va boshqa barcha bosqichlari dinamik tarzda va sifatini yo‘qotmagan holda amalga oshirilmoqda.

Dmitriy Dovgal banklar ichidagi integratsion jarayonlarning yuqori tezligini qayd etdi: ularning yuqori sifatli o‘zaro ta’sirini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan ichki tizimlarni takomillashtirish imkon qadar tez amalga oshirilmoqda.

O‘zbekiston bozorining yana bir o‘ziga xos xususiyati — loyiha faoliyatini olib borishning benuqson sifati deb hisoblaydi OpenWay jamoasi.

Loyihaning barcha bosqichlarini diqqat bilan kuzatib borish, joylarda yuqori darajadagi professional boshqaruv va do‘stona muhit jadval bo‘yicha tez harakatlanish imkonini beradi.

“Ishonchimiz komilki, biznesga bunday munosabatning siri odamlarning o‘zida, ularning jamoada ishlash istagi va qobiliyatidadir. Biz birga ishlayotgan barcha hamkorlarimiz doimiy ravishda o‘rganishadi. Va bu juda muhim: afsuski, biz har doim ham “o‘zingiz qilib bermang, balki bizga o‘rgating” kabi yondashuvga duch kelmaymiz.

Shu bilan birga, bilim olishga doimiy intilish haqida gapirganda, biz eng dolzarb texnologik yangiliklarni ishlab chiqish va xalqaro tajribamizni qo‘llashni nazarda tutamiz. Masalan, cheklovlar sharoitida ishlagan holda, biz platformamizga masofadan turib ulanishni tashkil qilishda hech qanday qiyinchiliklarga duch kelmadik. Yangi ish sharoitlari o‘z-o‘zidan tuzatishlar kiritadi, lekin bank xodimlarini yanada faol jalb qilishga yordam beradi", — dedi MDH mamlakatlarida OpenWay biznesini rivojlantirish bo‘yicha direktor o‘rinbosari.

OpenWay 20 yildan ortiq vaqt davomida hamkorlik qilib kelayotgan Qozog‘iston Halyk Bankning sho‘ba banki Tenge Bank bilan hamkorlikning tarixi qiziqarli. Qozog‘istondagi OpenWay tajribasi tezda ishonchli munosabatlarni o‘rnatish imkonini berdi, chunki O‘zbekistondagi yangi mijoz jamoa barcha va’dalarni bajarishidan hech shubhalanmadi.

Qozog‘istonda o‘z protsessingiga ega banklarning to‘rtdan uch qismidan ko‘pi o‘z to‘lov biznesini OpenWay ishonib topshirgani bejiz emas.

“O‘zbekistondagi mijozlarimiz doirasi kengayishiga ishonamiz. Zero, taklif etilayotgan mahsulot va xizmatlarni doimiy ravishda takomillashtirib, biz banklarga bozorda yetakchi bo‘lishga yordam beramiz”, — xulosa qildi Dmitriy Dovgal.


OpenWay to‘lov biznesini rivojlantirish uchun WAY4 protsessing yechimlarining xalqaro ishlab chiqaruvchisi hisoblanadi.

WAY4 tizimi Yevropa, Shimoliy va Lotin Amerika, Osiyo, Afrika va Yaqin Sharqdagi 130 dan ortiq banklar, to‘lov markazlari, qayta ishlash, telekommunikatsiya va yoqilg‘i kompaniyalari tomonidan qo‘llaniladi.

Kompaniya 1995 yildan beri kartalar protsessingi va elektron to‘lovlar bozorida faoliyat yuritib kelmoqda. OpenWay shtab-kvartirasi Bryusselda (Belgiya) joylashgan. Global kompaniyaning butun dunyo bo‘ylab joylashgan ofislarida elektron to‘lovlar, axborot texnologiyalari va xavfsizlik sohasidagi mutaxassislar ishlaydi. Rossiyada to‘lov kartalarining 50% dan ortig‘i WAY4 tizimida chiqarilgan.

OpenWay mijozlari — yirik korporatsiyalardan tortib katta maqsadli startaplargacha bo‘lgan barcha turdagi va miqyosdagi biznes ishtirokchilaridir. OpenWay uzoq muddatli hamkorlikni ustuvor deb bilishi va mijozlarini doimiy mahalliy va global yordam bilan qo‘llab-quvvatlashi bilan mashhurdir.

Reklama huquqlari asosida.