Mamlakatlar, korxonalar va sayyoraning har bir aholisi ko‘tarilib borayotgan global isishni nazorat ostida ushlab turish uchun qanday aniq choralarni ko‘rishga tayyor va qanday hozirlik ko‘rmoqda — bu mavzu shu kunlarda bo‘lib o‘tayotgan BMTning iqlim o‘zgarishi bo‘yicha yillik konferensiyasining (COP26) asosiy mavzusi bo‘lib turibdi.

O‘zbekiston uchun iqlim o‘zgarishi oqibatlarini yumshatish bo‘yicha tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirish birlamchi ahamiyat ahamiyat kasb etadi, zero qishloq xo‘jaligi, suv resurslari, iqtisodiyot va insonlar salomatligi va kelajagi iqlim o‘zgarishi zarbasi ostida turibdi.

O‘zbekiston 2018 yilda Iqlim bo‘yicha Parij kelishuvini ratifikatsiya qilib, 2030 yilgacha yalpi ichki mahsulot birligiga nisbatan issiqxona gazlari (karbonat angidrid, metan, azot oksidi) ajratilishi hajmini 2010 yildagi bazaviy darajadan 10 foizga kamaytirishga va’da berdi.

Buni 2019−2030 yillarda yashil iqtisodiyotga o‘tish bo‘yicha Harakatlar strategiyasida e’lon qilingan muqobil energetikani rivojlantirish, energiya samaradorligini oshirish va boshqa chora-tadbirlar hisobiga amalga oshirish rejalashtirilgan.

O‘zgidromet direktori Sherzod Хабиbuллаевнинг Living Asia nashriga ma’lum qilishicha, 2021 yilda BMTning Iqlim o‘zgarishlari bo‘yicha Doiraviy konvensiyasi saytida O‘zbekistonning yangilangan ma’lumotlar bo‘yicha 1990−2017 yillarda issiqxona gazlari chiqarilishi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan dastlabki ikki yillik hisobotini e’lon qildi.

2017 yilda issiqxona gazlarining umumiy emissiyasi 189,2 mln tonna SO2-ekvivalentiga teng bo‘ldi (yutilishni hisobga olmaganda).

2017 yilda aholi jon boshiga 5,8 tonna SO2-ekv./kishi, YAIM birligiga — 2,55/dollarni tashkil etdi.

O‘zgarishlar tendensiyasi quyidagicha: 1990−2017 yillarda ajratmalarning umumiy hajmi 6,7 foizga oshdi, 2013−2017 yillarda esa ushbu miqdorning 0,6 foizga pasaygani qayd etildi.

O‘zbekistonning yangi maqsadi: 2030 yilga borib YAIM birligiga to‘g‘ri keladigan issiqxona gazlari ajratilishini 2030 yilgacha 2010 yil darajasidan 35 foizga (ilgari ko‘rsatilgan 10 foiz o‘rniga) kamaytirish.

Issiqxona gazlari ajratilishida asosiy hissa energetika — 76,3% va qishloq xo‘jaligi — 17,8% sohalariga to‘g‘ri keladi.

2030 yilgacha mamlakatda ishlab chiqarilayotgan elektr energiyasining 25 foizini qayta tiklanadigan manbalardan ishlab chiqarish, YAIM energiya samaradorligini ikki baravar oshirish, sanoat korxonalari infratuzilmasini modernizatsiya qilish, ularning energiya samaradorligini kamida 20 foizga oshirishni ta’minlash, toza texnologiyalardan keng foydalanish, yer degradatsiyasining neytral muvozanatiga erishish va boshqa chora-tadbirlar rejalashtirilgan.

Hozirgi vaqtda O‘zbekistonda isishning o‘rtacha darajasi jahon miqyosidagi o‘rtacha ko‘rsatkichdan yuqori bo‘lib, muzliklarning jadal erishi, suv resurslarining kamayishi, ekstremal meteorologik hodisalar: sel, qor ko‘chkilari, qurg‘oqchiliklar sonining ko‘payishi kuzatilmoqda. Eng yirik ekologik ofatlardan biri — Orol dengizining qurishi vaziyatni yanada og‘irlashtirmoqda, Orolqum sho‘r cho‘li butun mamlakat ekologiyasiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda, deyiladi materiallarda.