Toshkentda yozuvchi Nazir Safarovga uy devoridan barelefi o‘g‘irlab ketganlikda gumon qilingan ikki erkak qo‘lga olindi, deb xabar berdi 3 noyabr kuni shahar IIBB matbuot xizmati. Barelefning narxi 19 mln so‘mga baholangan.

Shayxontohur tumani IIO FMB xabariga ko‘ra, o‘g‘irlik 30 sentabr kuni soat 16:00 atrofida 25 yoshli Diyor S. va 23 yoshli Boburjon N. tomonidan sodir etilgan. Ular voqea joyidan qochib ketishgan, lekin ushbu shaxslar tezda aniqlanib, hibsga olindi.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi (“O‘g‘irlik”) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov davom etmoqda.

Nazir Safarovich Safarov (1905−1985) — yozuvchi, nosir, dramaturg, jurnalist, ko‘plab davlat mukofotlari sovrindori. 1941−1945 yillardagi urushda qatnashgan.