Marg‘ilon shahar prokuraturasi tomonidan shahar xalq ta’limi bo‘limi mansabdor shaxslariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda Bosh prokuratura axborot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov xabar berdi.

Tergov davomida Marg‘ilon shahar xalq ta’limi bo‘limi sobiq boshlig‘i qurilish-ta’mirlash ishlari davomida jami 1,7 mlrd so‘m miqdordagi mablag‘larni talon-toroj qilganligi va davlat manfaatlariga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazganligi aniqlangan.

Shu sababli, mansabdor 1 noyabr kuni u gumonlanuvchi tariqasida protsessual tartibda ushlangan.

Qo‘shimcha qilinishicha, Jinoyat ishlari bo‘yicha Marg‘ilon shaxar sudining ajrimi bilan Marg‘ilon shahar xalq ta’limi bo‘limi sobiq boshlig‘iga nisbatan «Qamoqqa olish» tarzidagi extiyot chorasi qo‘llanilgan.

Hozirda tergov harakatlari davom ettirilmoqda.