O‘zbekiston maktabgacha ta’lim yoshdagi va 1-sinf o‘quvchilarini grippga qarshi emlash uchun Rossiyaning “Grippol Plyus” vaksinasining 2 mln dozasini xarid qildi, deb xabar berdi Maktabgacha ta’lim vazirligi matbuot xizmati.

Vaksina barcha maktabgacha yoshdagi bolalar va 1-sinf o‘quvchilarini bepul markazlashgan holda emlash uchun mo‘ljallangan. Buning uchun respublika bo‘yicha 2753 ta emlash punktlari tashkil etilgan.

Vaksina deyarli hech qanday nojo‘ya ta’sir va kontrendikatsiyaga ega emas. U Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tomonidan joriy mavsum uchun tavsiya etilgan virus shtammlarini o‘z ichiga oladi, deya qo‘shimcha qiladi vazirlik.