“Agorobank” yirik quvvatlar, zamonaviy ishlab chiqarish va iqtisodiy samaradorlik mavzusida press-tur o‘tkazdi.

Keyingi yillarda O‘zbekistonda kichik tadbirkorlik bilan bir qatorda, yirik ishlab chiqarish korxonalari jadallik bilan rivojlanib yangi quvvatlari ishga tushirilmoqda.

Taraqqiy etib borayotgan hozirgi jarayonda ilmiy-innovatsion yutuqlardan foydalanib istiqbolli loyihalar amaliyotga tadbiq etilmoqda.

Shunday loyihalardan biri Jizzax viloyati Forish tumanidagi Basalt Wool MCHJ faoliyatidir. Mazkur korxona bazalt toshidan mineral plitalar ishlab chiqaradi.

1 noyabr kuni ommaviy axborot vositalari vakillari ushbu korxonaga press-tur uyushtirdi va “Agrobank"ning moliyaviy ko‘magi asosida ish yuritayotgan zamonaviy Basalt Wool MCHJ faoliyati bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

Mazkur korxona faoliyatini moliyaviy qo‘llab quvvatlash maqsadida bank tomonidan 41 mln yevro miqdorida kredit mablag‘i ajratilgan. Korxonaning yillik ishlab chiqarish quvvati 31 mln AQSh dollar bo‘lib, yiliga 32 ming tonna mineral plitalar ishlab chiqaradi. Ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar qurilishda ishlatiladi.

Korxona ish faoliyatini boshlashi natijasida hududdagi 95 nafar ishsiz aholi vakillari o‘z ish joyiga ega bo‘ldi.

Press-tur davomida ommaviy axborot vositalari vakillari korxona tomonidan olib borilayotgan amaliy ishlar va istiqboldagi vazifalar to‘g‘risida ma’lumot oldilar.

Reklama huquqlari asosida.