2 noyabr kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Saudiya Arabistonining mamlakatga yangi elchisi etib tayinlangan Yusuf al-Utaybiyni qabul qildi. Bu haqda TIV axborot xizmati xabar berdi.

Vazir ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qilib olar ekan, elchini O‘zbekistondagi faoliyatini boshlagani bilan tabrikladi hamda uning mas’uliyatli lavozimdagi faoliyatiga muvaffaqiyatlar tiladi.

Suhbat chog‘ida tomonlar muntazam muloqotni davom ettirish va amaliy hamkorlikni, jumladan, tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasidagi siyosiy maslahatlashuvlar hamda savdo, iqtisodiyot, fan va texnologiyalar, madaniyat, sport va yoshlar masalalari bo‘yicha hukumatlararo komissiyalar majlislarini o‘tkazish orqali hamkorlikni yanada rivojlantirishga o‘zaro tayyor ekanliklarini bildirdilar.