Gruziyada 30-oktabr kuni bo‘lib o‘tgan mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish organlariga saylovning ikkinchi bosqichi natijalari e’lon qilindi. MSK ma’lumotlariga ko‘ra, hukmron «Gruzinskaya mechta — demokraticheskaya Gruziya» («Gruziya orzusi — demokratik Gruziya») partiyasidan merlikka nomzodlar 20 ta shahardan 19 tasida g‘alaba qozongan.

MSK ma’lumotlariga ko‘ra, Tbilisining amaldagi meri, «Milan» futbol klubining sobiq himoyachisi Kaxa Kaladze 55,6 foiz, uning muxolifatdagi «Yedinoye natsionalnoye dvijeniye» («Birlashgan milliy harakat») partiyasidagi raqibi Nikanor Meliya esa 44,4 foiz ovoz to‘plagan.

Rustavi shahrida Nino Latsabidze (53,7%), Batumida Archil Chikovani (51%), Kutaisida Ioseb Xaxaleishvili (51,6%), Potida Beka Vacharadze (57,3%) g‘alaba qozondi.

Muxolifat partiyasi vakili g‘alaba qozongan yagona shahar — aholisi 25 mingdan kam bo‘lgan Salendjixa bo‘ldi. Saylovchilarning 51,1 foizi Georgiy Xarchilavga ovoz berdi.

Saylovning ikkinchi bosqichida mamlakat miqyosida 49,09% saylovchilar ishtirok etgan.

«Yedinoye natsionalnoye dvijeniye» («Birlashgan milliy harakat») yetakchisi Nikanor Meliya saylovlarni «soxta, zo‘ravon va o‘g‘irlangan» deb atadi va o‘z tarafdorlarini Tbilisi markazida muxolifatning keyingi rejalari e’lon qilinadigan mitingga yig‘ilishga chaqirdi", deb yozadi NewsGeorgia portali.

Meliya vatandoshlarini «murossiz kurashga» chaqirdi. Shuningdek, u bir haftadan so‘ng — 7 noyabrda navbatdagi norozilik namoyishi bo‘lib o‘tishini, miting Ozodlik maydoniga to‘planishini ma’lum qildi.Unga ko‘ra, seshanba kuni Batumi, Kutaisi va respublikaning boshqa yirik shaharlarida norozilik aksiyalari boshlanadi.

Avval xabar berganimizdek, 2004−2013 yillarda Gruziya prezidenti lavozimida ishlagan Saakashvili saylovning birinchi bosqichi arafasida mamlakatga qaytgan edi. So‘nggi sakkiz yil davomida u xorijda yashab kelgan, chunki mamlakatda sobiq prezidentga qarshi bir necha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. U Tbilisida hibsga olingan va Rustavi shahrida qamoqqa olingan.

Ikkinchi tur arafasida Saakashvili uning hayoti tarafdorlarining ovoziga bog‘liqligini aytdi. «Mening yashashim yoki o‘lishim har biringizga, ovozingizga va saylovda ishtirokizga bog‘liq», — deya xulosa qildi siyosatchi. U hibsga olinganidan beri 31 kun davomida ochlik e’lon qilgan. 27-oktabr kuni koloniyadagi Saakashviliga Ukrainaning inson huquqlari bo‘yicha ombudsmeni Lyudmila Denisova (Gruziyaning sobiq prezidenti va Ukraina fuqarosi) tashrif buyurdi va u gapirishda qiynalayotganini hamda 14 kg vazn yo‘qotganini aytdi, deb yozadi RBK.