Rossiyada MDH davlatlaridan kelgan mehnat muhojirlariga talab har qachongidan ham ko‘proq. Bu yerda ishchi kuchi yetishmasligi muammosi nafaqat qurilishda, balki qishloq xo‘jaligi va boshqa sohalarda ham mavjud. O‘zbekiston Rossiyaga yangi mehnat resurslari kirib kelayotgan asosiy yo‘nalishlardan biriga aylanib bormoqda. O‘zbekistondan kelganlarning aksariyati ko‘pincha jarohat olish ehtimoli yuqori bo‘lgan sohalarda ishga joylashadi. “Unistream"`ning yangi moliyaviy mahsuloti ushbu odamlarni qo‘llab-quvvatlash uchun mo‘ljallangan.

Hech kim yomon narsa haqida o‘ylashni xohlamaydi, ammo agar ishlash qobiliyati yo‘qotilsa, bu muammolarni baribir hal qilish kerak bo‘ladi. Masalan, Rossiyada rasmiy ravishda ishlayotgan boshqa mamlakatlar fuqarolari uchun davlat tomonidan kafolatlangan bepul tibbiy yordamga qaramay, ko‘pincha muhojirlar ushbu yordamdan bosh tortishga majbur bo‘lishadi. Buning sababi hammada bir xil — jabrlanganlar barqaror daromadini yo‘qotishni istashmaydii. Chunki ish beruvchilar kasalxonada o‘tkazgan vaqtlari uchun ularga kompensatsiya to‘lamaydilar. Bu ko‘plab muhojirlar uchun o‘z vatanlaridagi oilalari va qarindoshlariga pul jo‘nata olmasligini anglatadi. Koronavirus pandemiyasi davrida ushbu muammo yanada og‘irlashdi.

Lekin yechim bor. Pul o‘tkazmalari bozorining eng yirik ishtirokchilaridan biri. “Unistream” banki jarohat yoki kasallik holatlarida bepul sug‘urtali qulay moliyaviy mahsulotni ishlab chiqardi. Bu — yangi moilaviy mahsulot “Yukarta” debet kartasidir. Ushbu karta mijozlarga qulay to‘lovlarni va foydali pul o‘tkazmalarini amalga oshirishdan tashqari jarohat yoki kasallik holatlarida o‘tgan oy davomida sizning bank kartangizga o‘tkazilgan barcha pul miqdoriga teng bepul sug‘urta olish imkonini beradi.

Mahsulotning asosiy afzalligi shundaki, himoya (sug‘urta) butun Rossiya bo‘ylab har kuni kechayu kunduz amal qiladi. Kompensatsiya bir necha kun ichida to‘lanadi. Jarohat olgan yoki kasal bo‘lgan taqdirda, jabrlanuvchi pul kompensatsiyasini oladi. Sug‘urta, ayniqsa, pandemiya davrida muhim bo‘lgan COVID-19 bilan kasallanish holatlarini ham qoplaydi.

Sug‘urta to‘lovini hisoblash uchun “Unistream” har qanday daromadni hisobga oladi: ish haqi, pul o‘tkazmalari, shu jumladan tezkor to‘lov tizimi orqali yoki naqd pul kirimlarini. Hisoblash usuli bank mijozlari uchun aniq va tushunarlidir. To‘lov o‘tgan oyda kartaga tushgan pul miqdoridan oydagi kunlar soniga bo‘lingan holda hisoblanadi. Olingan natija kasalxonada o‘tkazilgan kunlar soniga ko‘paytiriladi.

Kartani olish uchun “Unistream” bankining veb-saytida ariza qoldirishingiz yoki eng yaqin “Unistream” ofisiga murojat qilshingiz mumkin. Karta boshqa ko‘plab afzalliklarga ega. Masalan, mijoz kartani chiqarish, tez to‘lovlar tizimi orqali o‘tkazmalar, naqd pulsiz o‘tkazmalar yo‘li bilan kartani to‘ldirish, bank bankomatlaridan naqd pul yechib olish va hokazolar uchun pul to‘lashi kerak emas. Kartani rasmiy daromadini tasdiqlay olmaydigan mijozlar ham olishlari mumkin. Kartani rasmiylashtirish tartibi maksimal darajada oddiy. Yangi kartaning barcha afzalliklari va foydalanish qoidalari haqida quyidagi havola orqali bilib olishingiz mumkin.

Reklama huquqlari asosida.