Afg‘oniston hukumati BMT Qochqinlar bo‘yicha Oliy komissarligining Termizdagi insonparvarlik yordamini olib kirishga hozircha ruxsat bergani yo‘q, deya xabar berdi BMTning Qochqinlar bo‘yicha Oliy komissarligi vakili «Gazeta.uz»ga.

Eslatib o‘tamiz, oktabr o‘rtasida Termez Cargo Centre logistika markaziga BMT Qchqinlar masalalari bo‘yicha boshqarmasining Afg‘onistonga mo‘ljallangan 100 tonnalik insonparvarlik yordami olib kelingan edi. Ular yuk mashinalarida Afg‘onistonning Mozori Sharif shahriga tashilishi kerak edi.

«Yuk hozircha Termizda turibdi. Uni yetkazib berish sanasi afg‘on tomonidan olib kirishga ruxsat berilishiga bog‘liq va ushbu masala Qochqinlar boshqarmasining Kobuldagi vakolatxonasi tomonidan hal etilmoqda», — dedi boshqarma vakili.

Agentlik suhbatdoshi Boshqarmaning yangi insonparvarlik yuklari Afg‘onistonga Termiz orqali tashilishini, chunki mazkur yo‘nalish O‘zbekiston birgalikda afg‘on xalqiga yordam yetkazish uchun qo‘shimcha transport koridori sifatida belgilangan.

Termiz Cargo Centre terminali O‘zbekiston va Afg‘oniston chegarasidan 2 km masofada joylashgan. O‘zining joylashuv o‘rni, hajmi va o‘tkazuvchanligi, shuningdek, ular ko‘rsatayotgan xizmatlari bilan terminal afg‘on xalqiga yordam ko‘rsatish uchun muhim markaz sifatida ko‘rilmoqda.

oktabr boshidan buyon Termizdagi logistika markazidan Afg‘onistonga BMT Butunjahon oziq-ovqat dasturining 40 vagonga yaqin mahsulotlar yuborildi.