Ijtimoiy tarmoqlarda talabalarning 25 oktabrdan 3 haftalik ta’tilga chiqishi haqida xabarlar tarqaldi.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi axborot xizmati ushbu xabarlar hech qanday asosga ega emasligini ma’lum qildi.

Vazirlik ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarini fake (yolg‘on, asossiz) xabarlarga ishonmaslikka chaqiradi hamda yolg‘on xabar tarqatganlik uchun jinoiy javobgarlik (Jinoyat kodeksining 244−6 moddasiga binoan) borligini eslatdi.