“Milliy tiklanish” demokratik partiyasidan O‘zbekiston prezidentligiga nomzod Alisher Qodirov Mirobod tumanidagi 116-saylov uchastkasida ovoz berdi. Bu haqda “Gazeta.uz” muxbiri xabar berdi.

Alisher Qodirov saylov uchastkasiga o‘z oila a’zolari bilan birgalikda tashrif buyurdi.

Alisher Qodirov jurnalistlarga bergan intervyusida OAV bilan muloqotni ertaga rejalashtirilgani va bugun “bayram kuni va uni yaxshi o‘tkazishni” aytib o‘tdi. Uning fikricha, u “saylov jarayonida o‘z salohiyatini to‘liq namoyon eta oldi”.

Rossiyalik jurnalist nomzoddan Rossiyaga bo‘lgan munosabatini so‘radi. Alisher Qodirovning aytishicha, “Rossiya do‘st mamlakat”.


Mazkur uchastkada ro‘yxatga olingan jami saylovchilar soni 2661 nafarni tashkil etadi.