Kecha kunduz kuni mamlakatimiz hududiga Kavkaz hududlari ustida shakllangan nam va sovuq havo massalari kirib keldi. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.

Bugun respublika hududining kattta qismida quruq va sovuq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Harorat +8…+13 daraja iliqni tashkil etadi. Bu oktabr oyining oxirigi o‘n kunligi uchun bo‘lgan iqlimiy me’yorlardan 8−10 darajaga pastdir.

Faqat Farg‘ona vodiysi viloyatlari bo‘yicha va respublika tog‘li hududlarining ba’zi joylarida yog‘ingarchilik ehtimoli saqlanib turadi. Ayrim tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik kuchli bo‘lishi mumkin.

Dam olish kunlari O‘zbekistonnning barcha hududlarida quyoshli, lekin salqin ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Ushbu kunlarda harorat me’yordan past bo‘ladi.

Ertaga kechasi havo harorati -2 daraja sovuq +3 daraja iliqni tashkil etadi, kunduz kuni +11…+16 daraja iliqdan oshmaydi. Yakshanba kuni havo biroz iliq bo‘ladi. Kechasi 0…+5 daraja iliq, ba’zi joylarda -2 daraja sovuqqacha, kunduz kuni +13…+18 daraja iliq bo‘ladi.