23 oktabrda Samarqand shahrida KFC restoranlari tarmog‘ining yangi filiali ochiladi. Restoran Family Park savdo markazining fudkortida joylashgan.

Mehmonlar uchun restoran ochilishiga bag‘ishlangan yorqin shou dasturi tayyorlangan. Savdo markazining kirish qismida ularni quvnoq xalq qo‘shiqlari ijro etuvchi musiqachilar kutib olishadi. Shuningdek, mehmonlar restoranga kiraverishdagi fotozonada esdalik uchun suratga tushishlari mumkin bo‘ladi.

KFC asoschisi polkovnik Sanders qiyofasidagi boshlovchi bayram muhitini yaratib beradi. Bunda boshlovchiga bayram oqshomi musiqa ohanglari ostida o‘tishini ta’minlaydigan DJ yordam beradi. Milliy raqslar jamoasi va Mirrormenlar shousi hammani qiziqarli chiqishlari bilan quvontiradi.


Bundan tashqari, mehmonlar tanlovlarda ham ishtirok etishlari mumkin bo‘ladi. Basketlar, tushlik qutilari (lanchbokslar) va brend merch (KFC brendi tushirilgan buyum va kiyimlar) yutib olish imkoniyati bo‘ladi.

Shuningdek, yangi filial ochilishi munosobati bilan 23 oktabrdan boshlab KFC va Coca Colaning hamkorlik aksiyasi boshlanadi. Yangi restoran mehmonlari Sanders Basket va bir stakan Coca Colani atigi 30 ming so‘mga xarid qilishlari mumkin bo‘ladi.

KFC — polkovnik Sandersning shaxsiy retsepti bo‘yicha tayyorlanadigan mazali tovuqdir. Restoranlar tarmog‘i ovqatlarining sifatini nazorat qiladi va barcha mahsulotlar sertifikatga ega.

KFC tovug‘ining o‘ziga xos xususiyati 11 ta o‘t va ziravorlar bilan panirovka qilinishidir. Ushbu panirovka tovuq go‘shtiga o‘zgacha ta’m beradi.


KFC menyusidagi asosiy taomlar: o‘tkir tovuq qanotlari, oyoqchalari, stripslar, baytslar, naggetslar va boshqalar. Tez tayyorlanadigan ovqatlar restoranlari tarmog‘ining menyusi muntazam ravishda yangilanib boradi hamda yangi taomlar va shirinliklar qo‘shib boriladi.

Hozirda Toshkentda KFC tarmog‘ining 11 ta restorani bor. Endi samarqandliklar ham original retsept bo‘yicha tayyorlanadigan tovuqning ta’mini tatib ko‘rishlari va baho berishlari mumkin.

Bundan tashqari, yaqin orada Andijonda ham KFC restoranining ochilishi rejalashtirilgan.

KFC restoranlari tarmog‘i o‘z mehmonlari uchun doimiy ravishda aksiyalar o‘tkazadi.

Samarqanddagi KFC restoranining ochilishi 23 oktabr soat 18:00 dan 22:00 gacha bo‘lib o‘tadi.

Kirish bepul.

Samarqanddagi KFC restoranining manzili: Narpay ko‘chasi, 76-uy.
Mo‘ljal: eski “Sogdiana” bog‘i.

Reklama huquqlari asosida.