O‘zbekiston o‘z hududida AQSh harbiylarini joylashtirish zaruriyatini ko‘rmayapti, Vashington bu pozitsiyani tan oladi, dedi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov payshanba kuni rossiyalik jurnalistlarga.

TIV rahbari 22 oktabr kuni o‘tkazgan matbuot anjumanida «Pervыy kanal», «Rossiya 24», «NTV» telekanallari, TASS AA, «Kommersant» va «Komsomolskaya pravda» gazetalari muxbirlari ishtirok etdi. Uchrashuv ikki soatga yaqin davom etdi.

«Bugungi reallik shuki, bunga ehtiyoj yo‘q», — dedi Abdulaziz Komilov O‘zbekiston hududiga AQSh harbiylarini joylashtirish imkoniyati haqidagi savolga javob berar ekan.

TIV rahbari 2002 yilda imzolangan O‘zbekiston va AQSh o‘rtasida strategik sheriklik to‘g‘risidagi deklaratsiyada va prezident Shavkat Mirziyoyevning 2018 yilda Vashingtonga tashrifi yakunlari bo‘yicha qo‘shma bayonotda o‘zaro hamkorlikning strategik yo‘nalishlari belgilab berilganini va «o‘zaro munosabatlarimizning chegaralari» bayon etilganini eslatib o‘tdi.

«Va ko‘plab har yillik siyosiy maslahatlashuvlar, ko‘plab jiddiy uchrashuvlar chog‘ida amerikaliklarga yetkazildi va ular qariyb barchasini tushunishdi hamda siz aytayotgan narsalar O‘zbekiston uchun mutlaqo qabul qilib bo‘linmas ekanligini tan olishdi va ular ko‘tarib chiqilmaydi va muhokama qilinmaydi», — deya qo‘shimcha qildi u.

Oldinroq, Amerikaning Politico nashri AQSh kongressidagi manbalariga tayanib, Pentagon rasmiylari shu oy O‘zbekistonga tashrif buyurib, terrorizmga qarshi kurashish kuchlarini joylashtirishni muhokama qilmoqchi ekanligi haqida xabar bergan edi. TIV rahbari Abdulaziz Kamilov O‘zbekiston hududida AQShning terrorizmga qarshi kurashish bo‘yicha qurolli kuchlarini joylashtirish imkoniyati muhokama qilinmayotgani va bu masala kun tartibida ham turgani yo‘qligini ma’lum qildi. Bir necha kundan keyin AQShning Toshkentdagi elchisi Daniel Rozenblyum AQSh mudofaa vaziri yordamchisi Kristofer Mayer O‘zbekistonda chegara xavfsizligi masalalari bo‘yicha muzokaralar o‘tkazganini ma’lum qildi.