Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik katta teatri rahbarligiga O‘zbekiston xalq artisti Ramiz Usmonov tayinlandi. Bu haqda teatr matbuot xizmati xabar berdi.

Ramiz Usmonov 2000 yilda Alisher Navoiy nomidagi davlat akademik katta teatri stajyorlik guruhiga qabul qilingan. 2005 yildan hozirgi kunga qadar teatrning DAKT opera truppasi solisti.

2008 yilda Qozog‘istonda bo‘lib o‘tgan «Romansiada — 2008» mintaqaviy tanlovi 1-mukofoti va Rossiyada o‘tkazilgan «Romansiada — 2008» xalqaro tanlovi 2-mukofotini qo‘lga kiritgan. 2010 yilda Ozarbayjonda o‘tkazilgan Bul-Bul nomli xalqaro vokalchilar tanlovida I mukofot va «Tanlovning eng yaxshi tenori» unvoniga sazovor bo‘lgan.

2010 yilda yuqori darajadagi yutuqlari uchun Ramiz Usmonovga O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist unvoni berilgan. 2015 yilda esa O‘zbekiston xalq artisti unvoni berildi.

Teatrning avvalgi rahbari Mahmud Muratov 2017 yildan buyon ushbu lavozimda faoliyat yuritayotgan edi.