2021 yil 20 oktabr holatiga prezidentlik saylovlarida muddatidan oldin jami 421 618 nafar kishi ovoz berdi, deb xabar bermoqda MSK matbuot xizmati.

Shundan 301 094 nafari O‘zbekistonda, 120 524 nafari esa xorijdagi saylov uchastkalarida o‘z nomzodini qo‘llab-quvvatlagan.

Muddatidan oldin ovoz berganlarning byulletenlari yopiq konvertda, tegishli USKning seyfida saqlanadi.

Eslatib o‘tamiz, 14−20 oktabr oralig‘ida saylov kuni o‘z yashash joyida bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘lmagan saylovchilar muddatidan oldin ovoz berishi haqida yozgan edik.