22 oktabr kuni soat 08:10 larda Toshkentning Olmazor tumanida ikki avtomobil yuzma-yuz to‘qnashishi oqibatida bir yo‘lovchi hayotdan ko‘z yumdi. Bu haqda IIV YHXBB matbuot xizmati xabar qildi.

Qayd etilishicha, Qamarniso ko‘chasida A’lo V. (2002 y. t.) «Nexia-3» avtomashinasida (davlat raqami 01 S 375 JB) qarama-qarshi yo‘lakka chiqib ketgan va natijada Zabihulla H. (1958 y. t.) boshqaruvidagi Spark avtomashinasi (davlat raqami 10 M 858 GA) bilan to‘qnashib ketgan.

To‘qnashuv natijasida Spark yo‘lovchisi, Manzura H. (1968 y. t.) olgan tan jarohatlari tufayli vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi («Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish, shaxsning o‘limiga sabab bo‘lgan») bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.