So‘nggi uch kun ichida Nepalda kuchli yomg‘ir tufayli yuzaga kelgan ko‘chkilar va suv toshqinlari oqibatida kamida 88 kishi halok bo‘ldi, 30 kishi bedarak yo‘qoldi. Bu haqda TASS Nepal Live Today axborot portali ma’lumotlariga tayanib xabar berdi.

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, 21 oktabrda qurbonlar soni 11 kishiga oshgan. 20 oktabrda 63 kishi, 19 oktabrda — 14 kishi halok bo‘lgan edi.

Qayd etilishicha, 88 kishidan 27 nafari mamlakat sharqidagi 1-raqamli viloyatning Pantchxar okrugida halok bo‘lgan.

Axborot portali ma’lumotlariga ko‘ra, 21 oktabrda meteorologik sharoitlar yaxshilanishi kutilmoqda.