O‘zbekistonda eng yirik jahon brendlari, transmilliy korporatsiyalar va kompaniyalarning mavjudligi ba’zan qonunchilik, fiskal siyosat va iqtisodiy choralar bilan qo‘llab-quvvatlanadigan bozorning barqarorligini va shaffofligini ta’minlashning yaqqol indikatori hisoblanadi. 2019 yilda O‘zbekistonga mashhur fransuz konserni Lactalis`ning kirib kelishi yana bir marotaba buni ta’kidladi: mamlakatning bozori sut mahsulotlari sohasida yana bir ishonchli hamkorga ega bo‘ldi, kompaniya esa Markaziy Osiyo mintaqasidagi o‘zining o‘rnini mustahkamladi.

Yangi bozorda — yangi imkoniyatlar

O‘zbekiston iste’molchilarini halqaro brend va sut mahsulotlarini ishlab chiqarish sohasida tan olingan yetakchi kompaniya bilan tanishtirish vazifasi Lactalis Central Asia MCHJ XK bosh direktori Kristian Xubertga topshirildi.

Lactalis kompaniyasining O‘zbekiston bozoriga kirib kelishi haqida gapirar ekan, Kristian Xubert shuni ta’kidlaydiki, bunday qaror investitsiyalar kiritish va ishga doir iqlimdagi sifatli o‘zgarishlar hamda turli darajadagi biznesni rivojlantirish uchun yaratilayotgan iqtisodiy imkoniyatlardan kelib chiqqan holda, qabul qilingan edi. Lactalis kompaniyasi uzoq muddat davomida va muvaffaqiyatli ravishda MDH hududida rivojlanib kelmoqda va fransuz konsernining O‘zbekiston hududida faoliyatini yuritishi vaqt masalasi bo‘lgan edi holos.

Lactalis O‘zbekistonda

Lactalis kompaniyasi dunyo bo‘ylab eng taniqli bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlari lineykalarining biriga ega, O‘zbekiston uchun esa ikkita eng mashhur xalqaro brend tanlangan edi — President va Lactel.

President lineykasi Lactalis konsernining tashrif qog‘ozi hisoblanadi, shu sababli ushbu brend ostidagi mahsulotlar dunyoning 160 davlatida mavjud. O‘zbekiston iste’molchilari uchun mahsulotning eng optimal va shu bilan bir paytda turli xil assortimenti tanlab olingan: sariyog‘, eritilgan pishloqlar, qattiq pishloqlar, tvorogli pishloqlar, labne, tvorog va qaymoq turlari.


Lactel mahsuloti dunyo bo‘ylab 50 dan ortiq mamlakatda taqdim etilgan. O‘zbekiston bozorida Lactel lineykasi sut, sutli kokteyllar, sariyog‘, ichimlik va qoshiqli yogurtlar, hamda tvorojoklardan iborat.


Lactalis`ning boshqa kompaniyalardan farqi

2000 yilda Lactalis kompaniyasining aylanmasi 4,8 mlrd dollarni tashkil qilar edi, 20 yil ichida sut konserni 370 foizga o‘sishni namoyish qilgan va aylanmani yiliga 23 mlrd dollargacha ko‘paytirgan holda, Glabal Dairy Top 20 reytingi bo‘yicha, to‘qqizinchidan birinchi o‘ringa ko‘tarildi.

O‘z yo‘lini 1933 yilda, Laval nomli fransuz shahridagi kichkinagina pishloq ishlab chiqarish korxonasidan boshlagan bo‘lib, bugungi kunda Lactalis kompaniyasi deyarli barcha jahon davlatlarida faol ishlab kelmoqda. Bunga asosan kompaniya asoschisi Andre Bene tomonidan asos qilib olingan faoliyat mezonlari yordamida erishildi.

Ko‘p yillik tajribadan kelib chiqqan holda, butun dunyo bo‘ylab biznes yuritishning yagona modeli ishlab chiqilgan. Kompaniya bozorda yuqori talabga ega bo‘lgan xalqaro standartlarga amal qiladi. Aks holda bu darajada ko‘p mamlakatni qamrab olishning imkoni bo‘lmas edi. Mahsulotni kelgusida mashhur xalqaro brendga (President, Lactel, Galbani, Parmalat, Santal va ko‘plab boshqalar) aylantirish maqsadida, uning ustida ko‘p yillar davomida chuqur ishlar olib borilmoqda. Lactalis mavjud bo‘lgan barcha mamlakatlar bilan qalin hamkorlik amalga oshirilmoqda.

COVID-19 pandemiyasi: moslashuvchanlikka imtihon

COVID-19 pandemiyasi bilan bog‘liq jiddiy muammolarga qaramasdan, barcha ish jarayonlarini masofadan olib borishni yo‘lga qo‘ygan holda, ishlab chiqarishni va ofis xodimlarining faoliyatini to‘htatmaslik 2020 yilning muhim masala edi. Bu birinchi navbatda xodimlarning salomatligini o‘ylash kerak bo‘lgan davr edi. Lactalis faol ravishda fermerlik xo‘jaliklari va sut fermalari bilan hamkorlik qilishini, va buning natijasida hududlardagi mahalliy va oilaviy biznesni qo‘llab-quvvatlashini ham e’tiborsiz qoldirmaslik kerak. Kompaniyaga bavosita yetkazib berish zanjirini uzmaslik hamda og‘ir vaziyatga tushib qolgan xususiy tadbirkorlarga ko‘mak ko‘rsatish vazifasi yuklangan edi. O‘z vaqtida amalga oshirilgan choralar oqibatida kompaniya 2020 yilda yaxshi ko‘rsatkichlarga erisha oldi.

Kompaniya sut sohasining barcha toifalarida ishtirok etishini reja qilib olgan. Mavjud bo‘lgan keng imkoniyatlardan foydalanib, O‘zbekistonda mahalliy ishlab chiqarishni rivojlantirish hamda nafaqat mamlakatda, balki butun Markaziy Osiyoda birinchi raqamli sut mahsulotlarini ishlab chikaruvchi kompaniyaga aylanish rejalashtirilmoqda.

Reklama huquqlari asosida.