Davlat statistika qo‘mitasi hududlarning doimiy aholisi soni haqida ma’lumot berdi.

Ma’lumotlariga ko‘ra, 1 oktabr holatiga respublika hududlarining doimiy aholisi soni quyidagicha:

  • Samarqand viloyati — 4 mln 8 ming 843 kishi;
  • Farg‘ona viloyati — 3 mln 878 ming 034 kishi;
  • Qashqadaryo viloyati — 3 mln 388 ming 896 kishi;
  • Andijon viloyati — 3 mln237 ming 266 kishi;
  • Toshkent viloyati — 3 mln kishi;
  • Namangan viloyati — 2 mln 914 ming 194 kishi;
  • Toshkent shahri — 2 mln 840 ming 830 kishi;
  • Surxondaryo viloyati — 2 mln 726 ming 086 kishi;
  • Buxoro viloyati — 1 mln 968 ming 268 kishi;
  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 1 mln 939 ming 463 kishi;
  • Xorazm viloyati — 1 mln 914 ming 434 kishi;
  • Jizzax viloyati — 1 mln 434 ming 964 kishi;
  • Navoiy viloyati — 1 mln 28 ming 352 kishi;
  • Sirdaryo viloyati — 873 ming 798 kishi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda aholi soni har kuni o‘rtacha qariyb 2 ming kishiga oshmoqda.

18 oktabr holatiga ko‘ra, O‘zbekiston aholisi soni 35 mln 122 ming 514 kishini tashkil qilmoqda. Bunda erkaklar soni 17 mln 627 ming 990 nafarni, ayollar soni 17 mln 417 ming 256 nafarni tashkil qiladi.

Eslatib o‘tamiz, sentabrning yettinchi kunida O‘zbekiston aholisining soni 35 mln nafardan oshgan edi.