Dam olish kunlari va keyigi hafta boshida respublika bo‘yicha kuchsiz shamollar bilan bulutsiz ob-havo saqlanib turadi. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.

Kechasi va ertalab hali juda salqin, +6…+9 daraja iliq atrofida bo‘ladi. Kun davomida quyosh havoni +22…+25 daraja iliqqacha isitadi.

Bu oktabr oyining o‘rtalari uchun bo‘lgan me’yoriy qiymatlardan +2…+3 darajaga yuqoridir.